Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
BAAda o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kuni sportimiz uchun tarixiy sanaga aylandi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
O‘zbekistonlik sablyachi Zuhriddin Qodirov g‘alaba qozonib, O‘zbekiston tarixida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk qilichboz bo‘ldi.
O‘smirlar toifasida sablya qurolida bahs olib borgan vakilimiz Kanada, Misr, Vengriya, AQSH va finalda Germaniya vakillari ustidan g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bellashuvda Qodirov Kolin Xetkokni 15:13 hisobida dog‘da qoldirdi.
Shuningdek, bugun 3 aprel kuni musobaqa davomida Samira Shokirova hamda Musa Aytmurodov chorakfinalgacha yetib borgan, ammo bronza medalini naqd qiladigan bosqich ostonasida ularga bir oz omad yetishmadi.
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
Ma’lumot uchun, 2 aprel kuni Dubayda start olgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati 10 aprel kuniga qadar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi