O‘zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" (0:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Bugun kuchli raqib bilan o‘ynadik. "Navbahor" nomdor jamoa va tarkibida mahoratli futbolchilar jam bo‘lgan. Qiyin o‘yin bo‘ldi. Vaziyatlar yaratdik, lekin foydalana olmadik. "Navbahor"ni g‘alaba bilan tabriklayman.
- Ayni damda Qizilqum" Superligada peshqadamlik qilmoqda. Lekin bugun jamoaning o‘yini u qadar chiqmadi. Buni qanday izohlaysiz?
- To‘g‘ri, bugun yutqazdik. Aytib o‘tganimdek, "Navbahor" oddiy jamoa emas. Ular bugun juda kuchli o‘yin namoyish etishdi. O‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmay mag‘lubiyatga uchradik. Xato va kamchiliklar ustida ishlashda davom etamiz.
- Kubok musobaqasidagi maqsad qanday?
- O‘zbekiston kubogi musobaqasida faqat va faqat g‘oliblikni maqsad qilganmiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?