22:51 / 07.04.2022
1 718

"Al-Sadd" murabbiyi va futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

"Al-Sadd" murabbiyi va futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Osiyo chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Al Sadd" - "Nasaf" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Uning birinchi qismida "Al Sadd" bosh murabbiyi Xavi Grasiya va futbolchi Rodrigo Tabata ishtirok etdi.

"Biz ertaga bo‘lib o‘tadigan birinchi o‘yinimizga bor etiborimizni qaratganmiz. Musobaqani g‘alaba bilan boshlamoqchimiz va bu biz uchun juda ham zarur. Guruh bosqichida turli jamoalarga qarshi o‘ynaymiz, biz kuchga to‘lganmiz va ertangi o‘yinga tayyormiz", - deb gap boshladi Xavi Grasiya.

"Assalomu alaykum, hammani Ramazon oyi bilan tabriklayman. Biz musobaqa boshlanishi oldidan judayam hayajondamiz. Bu turniri yaxshi boshlab olish uchun juda ham qattiq tayyorlandik. Har bir raqibimizni hurmat qilamiz. Birinchi raqibimiz judayam kuchli jamoa va qiyin o‘yin bo‘lishni bilib turibmiz. Ammo "Al Sadd" kuchli raqiblarni mag‘lub etgan holda bu turnirni yutishga ishonamiz", - dedi Rodrigo Tabata.

- Siz bu turnirga juda ham uzun mavsumdan keyin yetib keldingiz. Raqibingiz "Nasaf" jamoasi esa mavsumni endi boshladi. Nima deb uylaysiz bu sizga jismoniy tarafdan foydali bo‘ladimi yoki jamoangizga qo‘shimcha yuk yuklaydimi?
- O‘ylaymanki biz mavsumni yaxshi yakunlay oldik. Faqatgina ikkita durang qayd etdik, ammo biz kubok doirasida yarim finalda mag‘lub bo‘ldik va o‘sha o‘yindan keyin boshqa o‘yin o‘tkazmadik. Ko‘proq ishlab ko‘p narsalarni o‘zgartirish uchun vaqt bor. Ba’zi o‘yinchilarimiz terma jamoalarida o‘yin o‘tkazishgan. Ertangi o‘yin oldidan biz judayam hayajondamiz va xursandmiz.

- Biz ertangi o‘yinga bor e’tiborimzni qaratganimiz yaxshiroq deb o‘ylayman. Chunki musobaqa so‘nggida nima bo‘lishini bilmaymiz. Lekin biz guruh bosqichini yaxshi boshlashni xohlaymiz. Bilamiz "Nasaf" judayam yaxshi jamoa, buni ko‘p o‘yinlaridan ko‘rib bilsa bo‘ladi. Ular so‘nggi o‘yinni "Lokomotiv" jamoasiga qarshi o‘tkazishdi va g‘alaba qozonishdi. "Nasaf" juda ham tezkor jamoa, ertaga bizga qiyin bo‘lishini bilib turibmiz. Bizning hozirgi maqsadimiz yaxshi o‘ynashga harakat qilib, ijobiy natijaga erishish.

Eslatib o‘tamiz, "Al Sadd" - "Nasaf" uchrashuvi ertaga, 8 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Al-Sadd" murabbiyi va futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?