Foto: Getty Images
Bundan roppa-rosa 4 yil avval xuddi shu kuni (2018 yilning 7 aprel sanasida) Habib Nurmagomedov El Yakvintani mag‘lub etib, yengil vazn toifasida UFC chempioniga aylanadi. Ammo Habib buning hammasiga ko‘ringanidek osonlik bilan erishmaydi. U janggacha anchayin murakkab va ko‘plab asab tolalari o‘lishiga sabab bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Quyida ana shu haqida batafsil so‘z yuritiladi.
Kutilmagan raqib
Habibning chempionlik jangi atrofi turli xil voqealarga to‘lib ketgandi. 31 mart kuni Eagles jamoasining Rossiyadagi bosh homiysi Ziyavudin Magomedov hibsga olinadi. Habib bu xabarni eshitganidan, taxminan, 24 soatdan o‘tib, bo‘lajak raqibi Toni Fergyuson jarohat olganini va jangda qatnasha olmasligini biladi. O‘sha paytda jang bo‘ladigan hafta bundan yomonroq boshlanmaydigandek tuyulgandi, ammo bu hali boshlanishi edi, xolos.
Darg‘azab Habib mehmonxonada Konor Makgregorning do‘sti Artyom Lobov bilan yuzma-yuz kelib, janjallashib ketadi. Bir kundan keyin esa Makgregor Habib o‘tirgan avtobusga arava uloqtiradi. Arava uloqtirilgan vaqtda Fergyusonning o‘rnini egallagan Maks Hollouey Habibga raqib sifatida ko‘rilayotgandi. Ammo Hollouey kerakli vaznni qayd eta olmaydi va zudlik bilan uning o‘rniga ham boshqa nomzod qidiriladi, yakunda El Yakvinta variantida to‘xtashga qaror qilinadi. Qizig‘i, Konor arava uloqtirgan vaqtda u Habib bilan bir avtobusda bo‘lgan. Yakvinta o‘shanda Nurmagomedovga raqiblik qilishini hali bilmas va bor narsani mobil telefoniga suratga olib yurgandi.
Barchasini Yana Kunitskaya barbod qilishi mumkin edi
Foto: Getty Images
Ushbu vaqtga kelib, Habib Nurmagomedov rossiyalik birinchi UFC chempioni bo‘lish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgandi. Ungacha bu ishni uch nafar jangchi uddalashi mumkin edi, bular: Igor Zinovev (UFC 16 da Frenk Shemrokka yutqazgan), Ali Bagautinov (UFC 174 da Demetrius Jonsonga imkoniyatni boy berib qo‘ygan) va Yana Kunitskaya. Kunitskaya o‘z imkoniyatini kutilmagan paytda qo‘lga kiritadi. Nurmagomedovning jangi 2018 yil 7 apreliga belgilanadi. Yana esa bungacha MMA’ning eng dominant ayollaridan biri Kris Sayborg bilan jang qilishga kelishib olgandi. Jang o‘sha yilning 4 martiga belgilanadi. Agar Kunitskaya g‘alaba qozonganida, chempionlik kamari Rossiyaga ertaroq kelardi va Habib «birinchi» maqomidan mahrum bo‘lardi. Ammo Kunitskaya Sayborgga qarshi roppa-rosa uch yarim daqiqa «turib» beradi.
Nyu-Yorklik rieltorning jangni qutqarib qolgani haqida
Foto: Getty Images
Habib bilan chempionlik jangidan bir hafta oldin El Yakvinta 435 ming dollarlik ko‘chmas mulk shartnomasini tuzadi. Bu haqda uning rieltorlik profilidan bilib olish mumkin edi, u jang bo‘ladigan hafta boshida Instagram’ga tegishli havola qoldirgandi. Ha, El Yakvinta rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanardi.
Ko‘pincha AQSHda boshqa joyda ishlaydigan jangchilarda bo‘lgani kabi, Yakvinta ham UFC’ning o‘rtamiyonalarga yetarli darajada ko‘p pul to‘lamayotganidan xabardor edi va shuning uchun tashkilot bilan shartnoma borasida ko‘p bahslashadi. U bungacha beshta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alabaga erishgandi. Biroq Habib bilan jangdan oldin so‘nggi uch yilda faqat bir martagina oktagonga ko‘tarilgan. Yakvintaga aslida Bruklindagi musobaqada Pol Felder raqiblik qilishi kerak bo‘lgan, ammo yakunda Yakvinta chempionlik uchun kurashda Habibga qarshi jang qila oladigan yagona sportchi bo‘lib chiqadi.
Yakvintaning rasmiy gonorari 280 ming dollarni tashkil etadi, lekin katta ishonch bilan taxmin qilish mumkinki, haqiqiy to‘lov bundan ancha ko‘p bo‘lgan. Pol Felder bilan uch raundlik bahs o‘rniga Habibga qarshi besh raundlik jangga 30 soat tayyorlanish uchun UFC va professional rieltor o‘rtasida qanday moliyaviy munozara kechganini tasavvur qilish shunchaki aqlni shoshirib qo‘yadigan holatdir.
Jangdan chempionlik maqomi olib qo‘yilishiga bir baxya qoladi
Foto: Getty Images
To‘qnashuv oldidan titul janglar tarixidagi eng chalkash vaziyatlardan biri sodir bo‘ladi:
- Habib kim bilan bo‘lishidan qat’i nazar yengil vazn toifasining vakant kamari uchun jang qilardi;
- Reglamentga ko‘ra, chempionlik jangida qatnashuvchilar 70,3 kg tosh bosishi kerak;
- Titul uchun bo‘lmagan janglarda yengil vazn toifasi vakillarining vazni 70,7 kg gacha bo‘lishi mumkin;
- El Yakvinta esa 70,4 kg tosh bosadi.
Shu tariqa Yakvinta Habibga faqat oddiy jangdagina raqiblik qilishi mumkin bo‘lib qoladi. Yakvintaning o‘rinbosar sifatida oktagonga chiqishi aniq bo‘lganida, u allaqachon taroziga chiqib bo‘lgan, kamiga suv ichishga ham ulgurgandi. Ya’ni, undan ortiqcha vazn tashlashni so‘rashning imkoni shunchaki yo‘q edi. Shunda Habibning menejeri aql bovar qilmaydigan matematik zukkolik ko‘rsatadi. U El Yakvintaning ichki kiyimini tortib ko‘rishni so‘raydi.
Qoidalarga ko‘ra, jangchi agar tarozida ehtiyoj sezilsa, ichki kiyimini ham yechishi mumkin. El Yakvintaning ichki kiyimining vazni yuz grammni tashkil qiladi. Shunday qilib rasmiy vazn o‘lchash vaqtida jangchi 70,3 kg tosh bosgan bo‘lib chiqadi va uni endi bemalol yengil vazn toifasidagi chempionlik unvoniga da’vogar deb hisoblash mumkin edi.
Jang haqida
Yuqoridagi surat Yakvintaning Instagram’dagi so‘nggi postlaridan biri, shu tariqa 2018 yilning 7 aprelida Bruklinda UFC kamari sambo bilan yaxshi tanish bo‘lgan ikki kishidan biriga nasib etishi ma’lum bo‘ladi. Shu asnoda italyan ildizlariga ega amerikalik bo‘lib ham ushbu sport bilan shug‘ullanish mumkinligi isbotlanadi. Sambodan tashqari, Yakvinta maktabda kurash bilan ham shug‘ullangan, qo‘llari va boshi ancha chidamli edi: 7 ta nokautli g‘alaba, mag‘lubiyatlar soni esa teshik kulcha shaklida.
Bu Habib faoliyatidagi eng uzoq jang bo‘lganiga qaramay (shunday bo‘lib qoldi ham), Nurmagomedov Yakvintani mag‘lub etishning uddasidan chiqadi. 25 daqiqa ichida Habib unga qarata 134 ta zarba berib, 6 marta muvaffaqiyatli parter amalga oshiradi. Uchinchi raundga kelib esa Nurmagomedov kutilmagan jeb zarbasi bilan fotograflarga ham ajoyib kadrlar taqdim etadi. Yakvintaning yuzi va yelkalari qip-qizil rangga «burkanadi». Beshinchi besh daqiqalik oldidan Nurmagomedovdan ehtiyotkorroq taktika talab qilinadi, ammo Habib «stoyka»da jang qilishda davom etaveradi. Jang yakunida barcha hakamlar besh raundning hammasini Habibga beradi.
Jangchilarning to‘qnashuvdan keyingi taqdiri
Foto: Getty Images
El Yakvinta mazkur to‘qnashuvdan keyin top-15 likdagi jangchilardan uch nafari bilan bahs olib boradi. Donald Serrone va Den Hukerga yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, Kevin Lini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ladi.
Habib esa ikkita himoya jangini o‘tkazib, Konor Makgregor, Dastin Pore va Jastin Getji kabi mashhur nomlarni taslim etadi. Shu tariqa Habib kamar himoyasi soni bo‘yicha yengil vazn toifasida eng muvaffaqiyatli UFC chempionlaridan biriga aylanadi — 70 kg vazn toifasida Nurmagomedovdan tashqari faqat BiJey Penn, Frenki Edgar, Benson Henderson kamarni uch marotaba himoya qilolgan.
Yakvinta bilan jangdan olti oy o‘tgach, Habib Konor Makgregorga qarshi jang qiladi va uning ismi tom ma’noda butun dunyoni zabt etadi — hatto chempionlik bahsidagi g‘alaba ham Habibni Konor bilan himoya jangidagi kabi yulduzga aylantira olmagan. Buning uchun 2018 yilning oktabridagi jangdan keyingi «parvoz», Las-Vegasdagi janjal va Barclays Center’dagi g‘alabani yodga olish va ularni solishtirish kifoya.
Yakvintaga qarshi jangdan ikki kun o‘tib, Habib Instagram’ga otasining chempionlik kamari bilan tushgan suratini joylaydi va shunday yozadi: «Butun faoliyatim davomida shu lahzani kutganman». “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi