Foto: championat.asia
OCHL 2-turi doirasida "Nasaf"ga qarshi bahs oldidan "Al Vihdat" bosh murabbiyi Rard Assaf o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Uchrashuv haqida
Rard Assaf: - Bu guruhdagi ikkinchi o‘yinimiz. "Nasaf"ga qarshi bahs juda muhim sanaladi. Bizda kuchli o‘yinchilar bor. Maydonda jang qilishga tayyormiz. Guruhdagi ikki o‘yin ham durang bilan yakunlangandi. Biz guruhdagi o‘yinlarni huddi boshidan boshlayotgandekmiz. Birinchi o‘yin har doim qiyin bo‘lgan. Dastlabki o‘yinda biz ba’zi qiyinchiliklarga duch keldik. Ammo ikkinchi bo‘limda muxlislarimiz qo‘llovi bilan barchasini o‘z iziga tushirdik. Uch ochko olishni niyat qilgandik. Ammo mag‘lubiyatdan ko‘ra bir ochko afzalroq.
Ahmad Elias: - O‘yin haqida fikr bildirishdan avval, Dammam shahridagi barcha muxlislar, musobaqa tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, biz bu qarama-qarshilikka ajoyib tayyorgarlik ko‘rdik. O‘ylaymizki, ushbu o‘yinda guruhdagi ilk g‘alabamizni qo‘lga kiritamiz.
"Nasaf" haqida
Rard Assaf: - "Nasaf" juda yaxshi shakllangan jamoa. Ular Yevropa uslubida o‘ynashadi. Ammo biz ularni yetarlicha o‘rganib chiqdik. O‘ylaymanki, o‘yin yakunida uch ochkoga ega bo‘lamiz.
Ahmad Elias: - Biz "Nasaf" klubini yaxshi bilamiz. "Nasaf" bilan OFK kubogida avval ham to‘qnash kelganmiz. Murabbiy ko‘rsatmalariga amal qilgan holda "Nasaf"ni mag‘lubiyatga uchratamiz. Bunda muxlislarimiz yordam ham kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda