800
"Al Faysali" bosh murabbiyi: "Birinchi o‘yinda bo‘lgani kabi bu safar ham yutishga harakat qilamiz"
Ertaga "Nasaf" Saudiya Arabistonining "Al Faysali" klubiga qarshi OCHL 4-tur uchrashuvini o‘tkazadi. Bugun bo‘lib o‘tgan o‘yinoldi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Marinos Ouzunidis ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirdi.
- Hammaga Assalomu Alaykum. Ertaga bo‘lib o‘tadigan o‘yin bilan Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi davra o‘yinlari boshlanadi. O‘tgan tur "Nasaf"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdik. O‘ylaymanki, ertaga ham omad biz tomonda bo‘lib, yana yutishga harakat qilamiz. "Nasaf" - juda jiddiy raqib, birinchi o‘yinda bizga ancha qiyinchilik tug‘dirdi. Lekin bu - futbol, ertaga nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.
- Sizningcha, "Nasaf"ga qarshi ikkinchi o‘yin qanday kechadi?
- Har uch kunda maydonga tushayotganimizni hisobga olsak, nimadir katta o‘zgarish bo‘ladi deya olmayman. O‘ylaymanki, "Nasaf" ham shunday yo‘l tutadi. Menimcha, har ikki jamoa o‘z o‘yin uslubiga sodiq qolgan holda harakat qiladi.
- Futbolchilar ro‘za tutmoqda. Bu mashg‘ulot va o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazyaptimi?
- Shuni aytishim kerak, bizda juda kuchli tibbiy xizmat ishlayapti. Shifokorlarimiz va murabbiylar har doim futbolchilar holidan xabar olib turibdi. Shu bois qanaqadir xavotirga o‘rin yo‘q deb o‘ylayman. Biz o‘yinlar Ramazon oyida bo‘lib o‘tishini hisobga olib, shunga yarasha reja ishlab chiqqanmiz. Va shu reja bo‘yicha ishlashda davom etyapmiz. Futbolchilarimiz tezda tiklanishlari uchun jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyimiz bilan shifokorlar qattiq ishlayapti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi