08:00 / 21.04.2022
1 478

Osiyo "Ayaksi" - "Nasaf" uchun chinakam sinov endi boshlanadi!

Osiyo "Ayaksi" - "Nasaf" uchun chinakam sinov endi boshlanadi!
Osiyo "Ayaks"i sifatida qit’amiz futbol ishqibozlarida yaxshi taassurot qoldirayotgan "ajdarlar" 4-tur o‘yinidan so‘ng kvartetda ikkinchi pog‘onani zabt etib turibdi. Xo‘sh, keyingi bosqichga chiqish uchun minimum necha ochko kerak? Voqealar rivoji qanday ko‘rinish oladi? Shu va boshqa aktual savollarga javob izlashga urinamiz.

Kvartetda ikkinchi bo‘lib ham guruhda qolib ketish mumkinmi?

Afsuski shunday. AFK g‘arb va sharq jamoalarini ikkiga ajratgan xolda, musobaqani markazlashgan formatda o‘tkazmoqda. Endilikda, 5 ta guruhdagi birinchi o‘rinni egallaganlar bilan biralikda faqat 3 ta eng yaxshi ikkinchi o‘rin sohiblari pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Xo‘sh, ushbu statistikaga suyanadigan bo‘lsak, "Nasaf" hozir eng yaxshi 3 jamoadan birimi?

1. "Al-Rayyan" - 7 ochko
2. "Al-Taa’vun" - 7 ochko
3. "Al-Ahli" - 6 ochko
4. "Nasaf" - 5 ochko
5. "Al-Quva" - 4 ochko.

Agar ochkolarga qaralsa, "Nasaf" keyingi bosqichga chiqish uchun guruhda birinchi o‘rinni egallashga urinib ko‘rishi shart. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlarini oldinda juda oson bo‘lmagan o‘yinlar kutmoqda. Gap shundaki, "ajdarlar" ikki bor durang qayd etgani bois keragidan ortiqcha ochko yo‘qotib bo‘ldi. Endi, ularni o‘rnini oldindagi ikki turda to‘ldirishi shart. Xo‘sh, keyingi bosqichga chiqish masalasini hal qiluvchi o‘yinlarda "Nasaf"ni qanday natija qanoatlantiradi?

Navbatdagi ikki turdagi juftliklar

23 aprel:
"Nasaf" - "Al-Sadd"
"Al-Faysali" - "Al-Vehdat".

27 aprel:
"Nasaf" - "Al-Vehdat"
"Al-Faysali" - "Al-Sadd".

Qolgan ikki o‘yinda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari chinakamiga sinovdan o‘tadi. Gap shundaki, barcha ikkinchi o‘rinni egalalgan klublar pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘lmasligi sababli maksimum ochko jamg‘arishi shart. Aks xolda, hatto ikkita durang ham (buning uchun "Al-Faysali" o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozonishi kerak!) ikkinchi o‘rinni naqd qilish uchun yetarli edi. OFK turnirdagi jamoalar sonini oshirish maqsadida qilgan reformasi "ajdarlar"ga pand berib qo‘ymasligi uchun qolgan 2 bahsda imkon qadar ko‘proq ochko to‘plashi shart. Aks xolda, 2-o‘rinni egallab ham pley-off bilan xayrlashish ehtimoli yuqori.

Hal qiluvchi "to‘qnashuv"

"Al-Sadd" Iordaniya klubiga imkoniyatni boy berganiga qaramay, uni hisobdan chiqarishga hali erta. Qatarliklar endi bor e’tiborini "Nasaf"ga qarshi bahsga qaratishi aniq. Xavidan so‘ng, o‘zini ancha oldirib qo‘ygan "Al-Sadd" va "ajdarlar" o‘rtasidagi o‘yin ko‘p narsani hal etib bersa, ajab emas. Gap shundaki, "Nasaf"ni o‘ziga yaqin turganini sezgan "Al-Faysali" birinchi o‘rinni boy bermaslik uchun ham "Al-Vehdat"ga qarshi bahsda katta kuch bilan harakat qiladi. Birinchi davraning so‘nggi o‘yinida "Al-Sadd"ga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragach, "o‘yindan" chiqqani taxmin qilingan "Al-Vehdat" yana kurashga qo‘shildi. O‘z navbatida, iordaniyaliklar ham "Al-Faysali" bilan "to‘qnashuv"da bor kuchini maydonga tashlaydi. Umuman olganda, 5-turdagi bahs guruhdan kim keyingi bosqichga yo‘l olishini aniqlashtirib berishi mumkin.

"Al Sadd" bilan o‘yinda kim favorit?

Barchasi o‘yinga jamoalarning qanday yondashishi bilan bog‘liq. Ro‘ziqul Berdiyev "Al-Sadd" bahsga qanday o‘yin sxemasini tanlashi ko‘p narsani hal etib beradi. "Ajdarlar" ustozi oldida ikki yo‘l bor. "Al-Sadd" bilan ochiq futbolga kirishish yoki markazni topshirgan holda qanotlarga suyanib, ikkinchi raqamda harakat qilish. Ikkinchi variantga suyangan "Nasaf" birinchi davrada sal qolsa qatarliklarni mag‘lub etishi mumkin edi.

Afsuski, vaziyatlardan foydalana olmagani bois "ajdarlar" endi ancha murakkab ahvolda qolmoqda. Shu o‘rinda, yana bir faktni alohida e’tirof etish lozim. "Al-Sadd" bu Arveladzening "Paxtakor"i bilan Toshkentda 2:2 o‘ynagan jamoa emas. Har jabhada pasayish bor ekanligi ko‘zga tashlanib turibdi. Ularni "Al-Vehdat" ochiq o‘yinda taslim etgan bo‘lsa, "Al-Faysali" ekonom futbol bilam mag‘lubiyatga uchratdi. Guruh o‘yinlari avvalida kvartet favoriti sifatida deyarli barcha "Al-Sadd"ni ko‘rsatgan edi.

Juda katta ishonch kreditlari bilan omadsizlikka uchragan Xavi Grasiya shogirdlari hozir ruhan ancha ezzilgan. "Nasaf"dan farqli o‘laroq, qatarliklardan ko‘proq narsa kutilayotgani fakt. Bu bosim yakunda "ajdarlar"ni maydonda erkinroq to‘p surishiga olib kelishi mumkin. Qolgani maydondagi futbolchilarga bog‘liq. Murabbiy ko‘rsatmasi to‘liq bajarilsa bu "Al-Sadd"ni yengish mumkin. Agar bu raqibdan 3 ochko olsak, keyingi bosqichga bir qadam tashlagan bo‘lamiz. Durang yoki boshqa natija "Nasaf" muxlislarini 6-tur o‘yinlarini hech qanday intrigasiz tomosha qilishga majbur qiladi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo "Ayaksi" - "Nasaf" uchun chinakam sinov endi boshlanadi!