05:30 / 23.04.2022
876

Slavche Voyneski: "Omad biz tarafda bo‘lmadi"

Slavche Voyneski: "Omad biz tarafda bo‘lmadi"
OCHLning 5-turi doirasida "Sepaxon"ga qarshi o‘yindan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bu futbol va unda o‘ta qulay vaziyatlardan foydalana olmasang, shunday yutqazib qo‘yishing mumkin. Bu oddiy o‘yin. G‘alaba uchun gol urish kerak. Urmasang raqib jazolaydi. Omad ham biz tarafda bo‘lmadi. "Duxayl" bilan va bugungi o‘yinda qanchalik ko‘p vaziyatlar yaratdik. G‘alaba uchun bemalol yetarli edi. Futbolchilar oxirigacha kurashishdi, jonlarini berishdi. Ulardan minnatdorman. Musobaqa mobaynida omadsiz bo‘ldik.

"Sepaxon" yaxshi jamoa. Himoyada jips va tartibli o‘ynaydi. O‘z imkoniyatlaridan foydalanib, jazolab keta oladi. Ular imkoniyatni saqlab qolishdi va kurashni davom ettiradi
", - dedi "Paxtakor" bosh murabbiyi.

Ushbu mag‘lubiyatdan keyin "Paxtakor"ning guruhda qolib ketishi oydinlashdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Slavche Voyneski: "Omad biz tarafda bo‘lmadi"