07:00 / 24.04.2022
1 978

"Nasaf" muxlislari uchun zo‘r xushxabar! (guruhdagi vaziyat)

"Nasaf" muxlislari uchun zo‘r xushxabar! (guruhdagi vaziyat)
Osiyo chempionlar ligasida 5-tur uchrashvlari davom etmoqda. "Nasaf" joy olgan "E" guruhida ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

"Al-Sadd" bilan bahs olib borgan "ajdarlar" chiroyli o‘yin ko‘rsatib, 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi. Bundan tashqari, "Al-Faysali" hamda "Al-Vehdat" bellashuvida jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Shu tariqa, "Al-Faysali" hisobidagi ochkolar soni 9 taga yetdi. Ayni vaqtda saudiyaliklar guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Ulardan bir ochko kam jamg‘argan Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari ikkinchi pog‘onani band etgan.

So‘nggi turdagi g‘alaba vakillarimizni birinchi o‘ringa olib chiqishi mumkin. Buning uchun "Al-Sadd" Saudiya klubini 6-tur o‘yinida mag‘lub etishi yoki durang o‘ynashi lozim.

Quyida guruhdagi holat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" muxlislari uchun zo‘r xushxabar! (guruhdagi vaziyat)