09:55 / 06.05.2022
1 108

Ilon Mask Binance, Ellison va shahzoda Al-Validni 44 milliard dollarlik Twitter kelishuviga qo‘shdi

Ilon Mask Binance, Ellison va shahzoda Al-Validni 44 milliard dollarlik Twitter kelishuviga qo‘shdi
Foto: Getty Images
Ilon Mask Twitter’ni sotib olish bo‘yicha 44 mlrd dollarlik taklifiga o‘ndan ortiq yangi shaxslar va investitsiya firmalarini qo‘shdi, deb yozadi Forbes.

Ularning tarkibida, Oracle asoschisi Larri Ellison, Saudiya Arabistoni shahzodasi Al-Valid va Xitoy kriptovalyuta birjasi Binance ham bor.

Mask investorlar guruhidan 7,1 mlrd dollarlik kapital majburiyatlarini oldi, bu esa shartnomani moliyalashtirishda uning shaxsiy boyligidagi tanglikni kamaytiradi.

Ushbu yangi qo‘shma investorlar bilan Mask olishi kerak bo‘lgan qarz qiymati kamayadi. Bu o‘z navbatida Tesla aksiyalarining yuqori narxiga bog‘liq.

Mask Twitter asoschisi va sobiq bosh direktori Jek Dorsi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Dorsi direktorlar kengashi a’zosi bo‘lib qoladi, ehtimol Maskning taklifida ham ishtirok etishi mumkin.

Yangi aksiyadorlik majburiyatlarida ishtirok etadigan boshqa taniqli firmalar va odamlar Fidelity, Brookfield, Qatar suveren jamg‘armasi, Draper Fisher Jurvetson, Andreessen Horowitz va Sequoia’lar hisoblanadi.

Twitter ommaviy platforma sifatida katta salohiyatga ega bo‘lsa-da, u botlardan tortib, senzuragacha bo‘lgan bir qator murakkab muammolardan aziyat chekmoqda. Ommaviy kompaniyaning faqat reklama biznes modeliga tayanishi bularning barchasini yanada kuchaytiradi, — deb yozdi Ben Horowitz Twitter’da.

Eng katta aksiyadorlik majburiyati Ellisonning 1 mlrd dollaridir, undan keyin Sequoia (800 mln dollar), VyCapital texnologik firmasi (700 mln dollar) va Binance (500 mln dollar) hisoblanadi.

Dastlab bir aksiya uchun 54,2 dollarlik taklifga qarshi chiqqan Al-Valid o‘zining 35 mln Twitter aksiyasini Mask uchun investitsiya qiladi. Bu Twitter’ning hozirgi aksiyalari narxida taxminan 1,7 mlrd dollarga teng.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ilon Mask Binance, Ellison va shahzoda Al-Validni 44 milliard dollarlik Twitter kelishuviga qo‘shdi