1 176
VK va USM Telecom’ning sobiq rahbari O‘zbekistonning IT-loyihalariga sarmoya kiritmoqchi
Foto: RBK
Boris Dobrodeyev Alisher Usmonovning USM xoldingiga kiruvchi USM Telecom kompaniyasi bosh direktori lavozimini tark etdi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
- Bir necha oy davomida nima qilishni xohlayotganimni hal qilish uchun ijodiy izlanishda bo‘ldim. Endi men ko‘proq tadbirkor ekanligimni bilaman va o‘z kompaniyamni yaratishga to‘liq e’tibor qarataman, — dedi u.
Dobrodeyev investitsiya kompaniyasi yaratish uchun birinchi navbatda, O‘zbekiston va Qozog‘istonda fintech va elektron tijorat loyihalariga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Endi u eng munosib yurisdiksiyani tanlab, kompaniyasi yaqin bir yarim-ikki oy ichida ro‘yxatdan o‘tishini kutmoqda. Birinchi bosqichda Dobrodeyev bu kompaniyaga o‘z jamg‘armalaridan pul kiritadi.
Keyin (taxminan bir yil o‘tgach) u xalqaro investorlardan, masalan, Hindiston yoki Xitoydan qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilmoqchi.
Bu investitsiya kompaniyasiga boshqa mamlakatlarda, masalan, Misr, Iordaniya, Pokiston va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida loyihalarni ishga tushirish imkonini beradi.
- Kichikroq ko‘rinadigan, lekin katta o‘sish potensialiga ega bo‘lgan ko‘plab rivojlanayotgan bozorlar mavjud, — deb hisoblaydi u.
Hozirda Dobrodeyev O‘zbekiston va Qozog‘istonda 10 mln dollarga yaqin to‘rt-beshta shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Ushbu loyihalardan biri keyinchalik boshqa mamlakatlarda ham ishlab chiqilishi mumkin bo‘lgan tovarlar sotiladigan bozorni ishga tushirishdir. Taxminlarga ko‘ra, loyihaning ishga tushirilishi 2022 yilning kuzida bo‘lib o‘tadi.
- Bu biznesda samarali logistikani yaratish muhim. O‘z tajribamiz yordamida O‘zbekiston va Qozog‘istondagi 50-60 million kishilik auditoriyaga tovarlar yetkazib berish bo‘yicha yetakchi bo‘la olamiz: bu o‘rin hozir ushbu mamlakatlarda bo‘sh, — dedi Dobrodeyev.
Shuningdek, u moliyaviy xizmatlarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Istiqbolli bozor
2020 yilda O‘zbekistonda elektron tijorat bozori 643,9 mln dollarga, Qozog‘istonda esa 2,1 mlrd dollarga yetgan.
- O‘zbekiston nisbatan erkin va o‘sib borayotgan bozor, shuning uchun u yerda yangi lider paydo bo‘lishi vaqti kelgan bo‘lishi mumkin, — deb hisoblaydi United Investors asoschisi Aleksandr Gorniy. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi