Shavkat Mirziyoyev 29 iyul kuni axborot texnologiyalari sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda bundan 3 yil oldin IT parklar tashkil etish rejasi ilgari surilganda mutaxassislar bu g‘oyaga qarshi bo‘lganini bildirdi. Davlat rahbarining nutqi «Menimcha» ko‘rsatuvida namoyish etildi.
- Biz xorijiy hamkorlarimizning ishonchini qozonib, butun dunyoga buyurtmani sifatli qilib bajarsak, raqam oshib boraveradi. Bundan uch yil oldin IT parklarni nima uchun tashkil qildik, ularga alohida soliq rejimini joriy etdik? Sababi mana shu kunlarga kelish uchun. Agar shu rejimni tatbiq qilmaganimizda, bu kunga yetib kelolmasdik. Bunday imkoniyat, sharoit bo‘lmas edi.
Menga, mana, moliyachilar ham o‘tiribdi — hamma qarshi edi, — dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev bu yo‘l yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘l bo‘lganini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...