Einride kompaniyasi 38 million dollarga Flipturn startapini sotib oldi

Shvetsiyaning yuk tashish sohasida innovatsion yechimlar taklif etuvchi Einride kompaniyasi elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Flipturn startapini sotib olishga kelishib oldi. Mazkur kelshuv qiymati 38 million dollarni tashkil etib, u toʻliqligicha aksiyalar almashinuvi koʻrinishida amalga oshiriladi. Bu Einride uchun ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylanganidan keyingi ilk yirik xarid hisoblanadi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Flipturn 2022-yilda tashkil etilgan boʻlib, elektromobillarni quvvatlash stansiyalari uchun maxsus dasturiy taʻminat yaratish bilan shugʻullanadi. Startapning texnologiyasi har qanday turdagi quvvatlash qurilmalari bilan Open Charge Point Protocol (OCPP) standarti orqali muloqot qila oladi. Bu esa yirik yuk tashuvchi parklar uchun infratuzilmani boshqarishni sezilarli darajada osonlashtiradi.
Elektr yuk mashinalari ekotizimini kengaytirish
Einride bosh direktori Roozbeh Charli ushbu xaridni kompaniyaning AQSH bozoridagi strategik kengayishi uchun muhim qadam deb atadi. Endilikda Einride nafaqat elektr yuk mashinalarini taqdim etadi, balki ularni samarali boshqarish uchun zarur boʻgan dasturiy majmuani ham mijozlarga taklif qila oladi. Bu vertikal integratsiya mijozlarga quvvatlash jarayonini avtomatlashtirish va xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.Flipturn tizimi avtomobil akkumulyatorining holati, haydash tarixi va marshrutlar haqidagi maʻmoliarni tahlil qiladi. Shuningdek, u quyosh panellari va energiya saqlash tizimlari bilan integratsiyalasha oladi. ixbt.com maʻlumotiga koʻra, startapning 17 kishilik jamoasi kelishuvdan soʻng ham oʻz faoliyatini toʻliq tarkibda davom ettiradi.
Yirik mijozlar va global rejalar
Einride asosan haydovchisiz boshqariladigan futuristik yuk mashinalari bilan tanilgan boʻlsa-da, uning asosiy daromadi 200 tadan ortiq ogʻir yuk tashuvchi elektr mashinalaridan keladi. Kompaniya hozirda Heineken, PepsiCo va Carlsberg Sweden kabi gigantlar bilan hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, uning xizmatlari Shimoliy Amerika, Yevropa va Birlashgan Arab Amirliklarida faol yoʻlga qoʻyilgan.Yaqinda Amazon kompaniyasi ham Einride mijoziga aylandi. Mazkur hamkorlik doirasida Amazon yuk mashinalarini sotib olmaydi, balki Einride tomonidan boshqariladigan va Saga AI dasturi bilan jihozlangan texnikalardan oʻzining Amazon Relay logistika tarmogʻida foydalanadi. Bu kabi yechimlar Oʻzbekiston kabi logistika muhim oʻrin tutadigan mintaqalar uchun ham kelajakda ekologik toza transportga oʻtishda namuna boʻlishi mumkin.
Ushbu strategik xarid Einrideʻga bozordagi mavqeini mustahkamlashga va elektr transportiga oʻtishda ikkilanayotgan korxonalar uchun ishonchli texnologik hamkor boʻlishga yordam beradi. Kelishuv joriy oy yakuniga qadar rasmiylashtirilishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…