Foto: Arnd Wiegmann / Reuters
Apple kompaniyasi 7 sentabr kuni o‘tkaziladigan katta tadbirida 7 ta yangi gadjetni taqdim etadi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, ikki yarim haftadan so‘ng amerikaliklar iPhone 14 smartfonining to‘rtta versiyasini, shuningdek, iPad planshetining uchta versiyasini namoyish qilishadi.
Gajetlarning to‘liq ro‘yxati quyidagicha:
- iPhone 14
- iPhone 14 mini
- iPhone 14 Pro
- iPhone 14 Pro Max
- iPad 10.2 (10-avlod)
- iPad Pro 12.9 (6-avlod)
- iPad Pro 11 (4-avlod)
iPhone 14 smartfonining asosiy versiyasi narxi 799 dollarni tashkil qiladi. Avvalgi avlod smartfoni narxi ham xuddi shunday edi. Taxminlarga ko‘ra, kompaniya yangi modelga bo‘lgan talabni yanada kuchaytirish uchun qurilma narxini oshirmoqchi emas.
Shu bilan birga, Apple yangi smartfonlarning Pro-versiyalari (iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max) narxini ko‘taradi. Bunga nisbatan kattaroq sig‘imli flesh-xotira qo‘yilishi sabab bo‘lgan. iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max modellarining asosiy versiyalari 128 Gb flesh-xotira bilan jihozlangan bo‘lsa, 14-seriyadagi dastlabki Pro-qurilmalar esa 256 Gb xotiraga ega bo‘ladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max mos ravishda 1099 va 1199 dollar turadi. Bu esa avvalgi avlod modellariga nisbatan 10 foiz qimmatroqdir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan