Foto: ProstoMOB
Apple kompaniyasining navbatdagi smartfonlari (iPhone 14) yer quyi orbitasidagi yo‘ldoshlar bilan bog‘lana oladi. Bu qulaylik uyali aloqa signallari yo‘q joylarda qutqaruv xizmatlariga qo‘ng‘iroq qilish yoki matnli xabar yuborish imkonini beradi.
Bu haqda TMF Associates tahlilchisi Tim Farrarga asoslanib MacRumors yozmoqda. Farrardagi ma’lumotlarga ko‘ra, ayfon orqali yo‘ldoshga bog‘lanish imkoniyati dunyoning faqat ayrim hududlarida mumkin bo‘ladi.
Taxmin qilinishicha, Apple ushbu funksiyani Globalstar bilan hamkorlikda ishga tushiradi. Foydalanuvchi operator bilan bilan alohida shartnoma tuzishi shart emas — xizmat bepul.
iPhone 14 smartfonlarini Apple 7 sentabrda taqdim etishi mumkinligi haqida xabar bergandik. O‘sha kungi taqdimotda yo‘ldoshli aloqa imkoniyatlari ham borligiga shu munosabat bilan taqdim etilgan tizerda yulduzli osmon tasvirlangani ham ishonishga undaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?