1 075
O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar uchun «Yaxshi narsalar interneti» platformasi yaratildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bolalar va o‘smirlar sog‘ligi hamda ongi uchun foydali axborotlar jamlangan yangi platforma yaratildi.
Xabarga ko‘ra, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘smirlarning faol hayot kechirishi, bilim olishiga ko‘maklashish va internetda xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Sevara Ubaydullayeva, YUNISЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jofri Ijunba, Xalq ta’limi, Ichki ishlar vazirliklari mas’ul xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda bugungi globallashuv davrida axborot tarqatish imkoniyatlari keng ekani va bu jarayonda yosh avlodni turli axboriy xurujlardan asrash dolzarb bo‘lib qolayotgani alohida ta’kidlandi. Shu bois YUNISЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, hukumat idoralari va mobil aloqa operatori bilan hamkorlikda «Yaxshi narsalar interneti» deb nomlangan yangi platforma ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.
- "Bugungi kunda ko‘plab yoshlar internetdan, xususan, ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanadi. Ularning imkoniyatlarini inkor etmagan holda shuni aytish kerakki, ayni paytda internetdagi zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi juda ko‘p ma’lumotlar aldov va g‘araz maqsadlarda tarqatilmoqda. Bu esa yoshlar sog‘ligi va ongiga salbiy ta’sir etishi aniq. O‘ylaymanki, ushbu yangi platforma bolalar, o‘smirlar, ota-onalarning sifatli, xavfsiz, xolis va foydali axborotdan erkin foydalanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega", — deydi Ubaydullayeva.
Mazkur dastur «Sog‘liqni saqlash», «Ruhiy salomatlik», «Ta’lim», «Inson huquqlari», «Yo‘l harakati xavfsizligi» kabi yo‘nalishlar bo‘yicha zarur tushunchalarni o‘z ichiga olgan. Ayniqsa, ushbu loyiha internetdan foydalanish imkoniyati cheklangan, bunga sharoiti yo‘q aholi qatlami uchun ham mo‘ljallangani e’tiborga molik. Eng asosiysi, undan foydalanish mutlaqo bepul.
Platforma o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida faoliyat ko‘rsatib, ayni paytda uning kontentini boyitish ustida ish olib borilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi, YUNISЕF ekspertlari, volontyorlar yordamida platforma kontentini to‘liq o‘rganib chiqish ishlari yakuniga yetdi. Ushbu innovatsion dastur bugundan boshlab ishga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi