MTS sunʼiy intellekt yordamida uy tarmogʻida xavfsizlikni joriy qildi

MTS operatori internetda bolalar va oʻsmirlar xavfsizligini taʼminlovchi “Ota-ona nazorati” va “Reklamani bloklash” xizmatlarini ishga tushirdi. Ushbu yechimlar real vaqt rejimida kontent va reklamalarni filtrlab, xavfsiz internet muhitini yaratadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, aksariyat bolalar internetga ulanish uchun uy Wi-Fi tarmogʻidan foydalanadi va ularning har ikkinchisidan biri istalmagan kontentga duch kelgan. MTS xizmatlari sunʼiy intellekt filtrlaridan foydalangan holda saytlarning xavfsizligini baholaydi va potensial xavfli resurslarni bloklaydi.
Ushbu yechimlarning asosi yuzdan ortiq sunʼiy intellekt algoritmlariga ega texnologik platformadir. Ishlab chiquvchilarning taʼkidlashicha, tizim internet-trafikni real vaqtda tahlil qilib, minimal kechikishni taʼminlaydi va ota-onalardan maʼlumotlar bazasini yangilab turishni talab qilmaydi.
“Ota-ona nazorati” xavfli kontentga ega saytlarni toʻsib qoʻyadi, “Reklamani bloklash” esa saytlarni zerikarli bannerlar va qalqib chiquvchi oynalardan tozalaydi. Har ikkala xizmatni “Moy MTS” ilovasi orqali faollashtirish mumkin.
Xizmatlar “Riil+”, “MTS Doma Otlichno”, “MTS Doma Xorosho” va “MTS Doma Super” tariflarida mavjud. Birinchi oy davomida xizmatlar bepul taqdim etiladi, soʻngra oylik toʻlov 99 rublni tashkil qiladi. “MTS Doma Super” tarifida esa xizmat uchun haq olinmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!