00:13 / 14.10.2022
1 187

Viruslarni «so‘ruvchi» dunyodagi birinchi changyutgich taqdim etildi

Viruslarni «so‘ruvchi» dunyodagi birinchi changyutgich taqdim etildi
Foto: Dyson
Dyson kompaniyasi Gen5detect changyutgichini taqdim qildi. Ishlab chiqaruvchi bayonotiga ko‘ra, u mikrozarralar va COVID-19 kabi viruslarning molekulalarini so‘rib olish xususiyatiga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi maishiy texnika hisoblanadi.

Bu xususiyatga changyutgichning noyob dizayni va 0,1 mikrongacha bo‘lgan zarrachalarni ushlab qolish xususiyatiga ega HEPA-filtr o‘rnatilgan germetik rezervuari tufayli erishilgan. Dvigatelning o‘ziga xos joylashuvi chiqindi bo‘limiga kirgan havo to‘liq tozalanganidan so‘ng tashqariga chiqarib yuborilishini ta’minlaydi.

Gen5detect daqiqasiga 135 ming marta aylanadigan dvigatelga ega. Uning akkumulatori 70 daqiqa davomida uzluksiz ishlashi mumkin. Chiqindi idishining hajmi 0,77 litr, changyutgichning og‘irligi esa 3,5 kg.

Yangi changyutgich qachon sotuvga chiqishi va uning narxi qancha bo‘lishi haqida xabar berilmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Viruslarni «so‘ruvchi» dunyodagi birinchi changyutgich taqdim etildi