
Mask Twitter bosh direktori lavozimini egalladi. Sobiq rahbariyat kompaniyani tark etgan. Bu haqda SNBC telekanalida ma’lum qilindi.
Twitter bosh direktori Parag Agraval va moliyaviy direktor Ned Segal kompaniyaning San-Fransiskodagi bosh qarorgohini tark etishgan.
Xabarda aytilishicha, endilikda ijtimoiy tarmoq boshqaruvi ma’muriyatiga yangi xo‘jayin rahbarlik qiladi. «Endi Mask Twitter’ning rahbari», – deyiladi xabarda.
Maskning Twitter’dagi 44 milliard dollarlik xaridi bugun yopilishi kutilyapti. Agar bu sodir bo‘lmasa, kompaniya tomonidan tadbirkorga nisbatan qo‘zg‘atilgan sud jarayoni boshlanishi mumkin.

Chorshanba kuni Mask kompaniya shtab-kvartirasiga tashrif buyurib, xodimlar bilan uchrashgan. Shuningdek, ushbu platformadagi akkauntidagi imzoni ham o‘zgartirgan: «Tvitlar boshlig‘i».

Bir soat oldin esa Mask «Qushcha ozod bo‘ldi» deya tvit qoldirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar