
2 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining Senat.uz rasmiy sayti xakerlar hujumi tufayli resursning ish qobiliyati buzilgani xabar qilingan edi.
MY5 telekanali ma’lum qilishicha, bu hujum yosh yigitlar tomonidan amalga oshirilgan.
Telekanalga intervyu bergan yigit bu hujum kimningdir ustidan kulib, mazax qilish uchun emas, balki saytning yaxshi himoyalanmaganini ko‘rsatish uchun qilinganini bildirdi. Shuningdek, uning boshchiligidagi 6 kishidan iborat xakerlar guruhi ilk bor 2019 yilda Kundalik.com saytiga buzib kirgan va maktabdagi baholarini to‘g‘rilab qo‘ygani ma’lum qilindi.
Yigit agar ularga imkoniyat berilib, qo‘llab-quvvatlansa, guruh davlatning kiberxavfsizlik masalalarida yordam berishini aytgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar