«Mamlakatning IT-sohasi ideal tarzda qanday rivojlanishi kerakligini tasavvur qilsak, O‘zbekiston bu idealga yaqin», deydi iTransition dasturchisi Yevgeniy Avelsev.
iTransition dasturiy ta’minot yaratuvchisi Yevgeniy Avelsev 35 yoshda. Arxangelskda tug‘ilgan, ammo hayotining ko‘p vaqtini Sankt-Peterburgda o‘tkazgan.
U o‘z faoliyatini 19 yoshida boshlagan. Yirik kompaniyada ishladi, ammo keyin xalqaro dasturlash olamida o‘z kuchini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Shunday qilib, u hozirda ishlayotgan iTransition'ga keldi.
O‘zbekistonga ko‘chib kelish haqida
Yevgeniy O‘zbekistonga joriy yilning aprel oyida ko‘chib kelgan. Suhbat qahramoni ta’kidlaganidek, hamkasblari va do‘stlarining aksariyati Gruziyaga ketishgan, biroq uni quyoshli Toshkent o‘ziga tortgan.
«Men turli yo‘nalishlarni ko‘rib chiqdim va barcha mamlakatlar haqida ma’lumot qidirdim: barcha statistikani o‘rganib chiqdim, iqtisodiy vaziyatga qaradim, o‘z so‘rovlarimni hayotimda ko‘rishni xohlagan narsalar bilan taqqosladim. O‘zbekiston esa mening barcha talab va ehtiyojlarimni qondirdi», deydi u.
Yevgeniyning tanishlari orasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan va bundan mamnun bo‘lgan odamlar ham bor. Ular mamlakat haqida juda iliq fikrlarni aytib berishdi, bu esa uni tanlovning to‘g‘riligiga ishontirdi.
«Inson biror joyga ko‘chishga majbur bo‘lganda, shubhasiz, u ijtimoiy moslashuv muammosi haqida o‘ylaydi. Boshqa davlatda «o‘zinikiday bo‘lish» uchun siz ushbu mamlakatning tilini bilishingiz kerak. Shu bois, meni O‘zbekistonni tanlashimga ishontirgan yana bir jihat – jamiyatning rusiyzabonlarga nisbatan munosabati bo‘ldi. Bu yerda o‘zimni begonadek his qilmayman va men uchun bu juda muhim», ta’kidlaydi u.
O‘zbekiston IT-sohasi haqida
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston IT-sanoati to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlanmoqda.
«Bu yerda IT-sanoat istiqbolli soha ekanligini ko‘rib turibman. Mamlakatning IT-sohasi rivojlanishi bo‘yicha O‘zbekiston idealga yaqin», deydi dasturchi.
IT Park Yevgeniyda yaxshi taassurot qoldirdi. Toshkentga endigina kelganida uni tashkilot xodimi kutib oldi. Yevgeniyni bunday ta’sirlanganini aytadi: o‘sha paytda u kimdir yordam qo‘lini cho‘zishi qanchalik muhim bo‘lganligini anglagan.
«Men begona mamlakatga keldim va darhol ko‘nika ololmadim. Boshida kimningdir yordamisiz juda qiyin – hech bo‘lmaganda aeroportda kutib olish va mehmonxonagacha yetib olish uchun ko‘mak kerak. IT Park esa menga uy topishda ham yordam berdi va bir necha kun ichida biz hamma narsani rasmiylashtirdik va joylashib oldik. Biroq eng muhim yordam bu — IT Park mavjudligi. Demak, davlat IT yo‘nalishidan manfaatdor ekanligini anglatadi», eslaydi u.
IT Park majmuasi ham qahramonni befarq qoldirmadi. 2020 yilda boshlangan qurilish 3 yildan kam vaqt ichida to‘liq foydalanishga yaroqli zamonaviy, ko‘rkam, barcha qulayliklarga ega binoga aylanishi mumkinmi, deya hayratlanadi rossiyalik relokant.
«Men uchun bu hayratlanarli darajada yoqimli hodisa. Agar mamlakat bunday kurs olib, shunday majburiyatlarni bajarsa, unda bunday mamlakatga ishonish mumkin. IT Park mavjudligi va tashkilot tomonidan qo‘llab-quvvatlov ularning men bilan ishlashdan mamnun bo‘lishlarini bildiradi», xulosa qiladi dasturchi.
To‘g‘ri, internet sifatini rivojlantirish kerak, deya qo‘shimcha qildi u.
«Afsuski, men ham elektr ta’minotidagi uzilish muammosiga ko‘p duch kelganman. Garchi u juda uzoq davom etmagan bo‘lsada, lekin u ish daqiqalari uchun sezilarli darajada. Bu borada ish olib borilayotganligini bilaman va umid qilamanki, mamlakatda bu muammo hal qilinadi. Bank xizmatlari sifati haqida hali ham savollar bor, men boshqa darajaga o‘rganganib qolgan edim. Rossiyada bank tizimlari bilan ishlashda o‘zimni qulayroq his qilaman», deya boshqa muammolarni ham sanaydi Yevgeniy.
O‘zbekistonda har qadamda yoqimli vaziyatlar kuzatilmoqda
«Sankt-Peterburgda yashaydigan joyingizda qo‘shnilaringizni tanishingiz noyob holat, ammo bu yerda qo‘shnilaringizni bilmaslikning o‘zi g‘alati. Bu yerda odamlar bir-biriga g‘amxo‘rlik qilishadi, bir-biriga ishonadilar. Yaqinda bir kurer keldi, u, ma’lum bo‘lishicha, Sankt-Peterburgda 20 yil yashagan. U men bilgan hududlarni biladi, men ko‘rgan barcha joylarni ham ko‘rgan. Biz raqamlarimiz bilan almashdik, juda samimiy suhbatlashdik. O‘zbek xalqining samimiyatini baholash qiyin», – deydi Yevgeniy.
Qanday muammolarga duch keldingiz?
Ehtimol, qahramon ta’kidlagan asosiy kamchilik – bu byurokratik xarakterdagi muammolar. Haydovchilar va ularning haydash uslubi – bu Yevgeniyni yoqimsiz hayratga solgan yana bir jihat.
«Aytib o‘tishim kerak, dastlab mahalliy haydovchilarning uslubi meni qo‘rqitdi. Keyin statistika bilan tanishdim va bu yerda baxtsiz hodisalar kamroq ekanligi ma’lum bo‘ldi. To‘g‘risini aytsam, piyodalar o‘tish joylari yetarli emas, haydovchilar har doim ham piyodalarni o‘tkazib yubormasligini ham payqadim, lekin vaqt o‘tishi bilan bu holat o‘zgaradi deb o‘ylayman, chunki haydash madaniyati darajasini oshirish tendensiyasi kuzatilmoqda», deydi u.
O‘zbekiston taomlari
«O‘zbekiston taomlari ajoyib. Men barcha joylarga borib, sinab ko‘rmoqchiman, gastronomik tadqiqotlar o‘tkazmoqchiman. Aslida, odamlar yaxshi hamda sifatli ovqatni yoqtiradilar va O‘zbekistonda ushbu planka juda yuqori. Va ovqatlanadigan joylarga kelganingizda, sizni o‘zgacha nimadir kutayotganini bilasiz», deydi mehmon.
Yevgeniy O‘zbekistonda odamlar nega bunchalik mehribon va tabassumli ekanliklarini tushunishini qo‘shimcha qildi: ovqat – bu eng yaxshi antidepressant, bu yerdagi kabi mazali taomlar esa ilhom baxsh etadi va kayfiyatni ko‘taradi...
Meva va sabzavotlar ham Yevgeniyni qoyil qoldirgan. Uning tan olishicha, yozda tarvuz va qovunni tanlab o‘tirmagan, chunki bu yerda mazasizlar yo‘q.
Yevgeniy va uning oilasi hozircha shu yerda yashashni rejalashtirmoqdalar.
«O‘zbekistonda o‘zimni qulay va yaxshi his qilyapman. Til to‘sig‘i bilan bog‘liq muammolar yo‘q: bu yerda hamma rus tilida gaplashadi yoki hech bo‘lmaganda uni tushunadi. Menda o‘zbek tilini o‘rganish istagi bor, tez orada bu tilni o‘zlashtiraman deb o‘ylayman. Hozircha biz shu yerda yashaymiz, keyin esa ko‘ramiz. Va men o‘zim bilan ushbu ajoyib mamlakatning eng iliq quyoshli xotiralarini va, albatta, mahalliy hunarmandlar tomonidan yaratilgan go‘zal narsalarni olib ketaman!», deydi u.
Manba: it-park.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?