Foto: Global Look Press
Twitter egasi Ilon Mask keyingi juma kuni ijtimoiy tarmoq turli rangdagi verifikatsiya belgilariga ega obunalarni sotishni boshlashini ma’lum qildi: kompaniyalar uchun oltinrang, hukumatlar uchun kulrang va jismoniy shaxslar uchun ko‘k rangdagi.
«Biz yangi verifikatsiyani keyingi haftaning juma kunidan ishga tushiramiz. Kompaniyalar uchun oltinrang, hukumatlar uchun kulrang, jismoniy shaxslar uchun ko‘k rangdagi belgini taqdim qilamiz. Verifikatsiya uchun ariza berilganlarning barchasi birma-bir tekshirib chiqiladi», deb yozdi Mask.
Avvalroq, Ilon Mask yangilangan Twitter Blue obunasini taqdim etgan edi. Shundan so‘ng, har bir foydalanuvchi oyiga $8 evaziga verifikatsiyani anglatuvchi «ko‘k belgi»ni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ushbu qaror tufayli platformada ko‘plab mashhurlar va kompaniyalarning soxta akkauntlari paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, Twitter pulli verifikatsiyani vaqtinchalik to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?