Toshkentda elektromobilni yarim soat ichida 80 %gacha quvvatlaydigan yangi stansiya o‘rnatildi

Toshkentda elektromobilni yarim soat ichida 80 %gacha quvvatlaydigan yangi stansiya o‘rnatildi
Energetika vazirligi binosida elektromobillarni tezkor zaryadlash stansiyasi o‘rnatildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Vazirlik huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan quvvati 120 kVt bo‘lgan elektromobillarni tezkor zaryadlash stansiyasi o‘rnatildi.

Ushbu zaryadlash qurilmasida bir vaqtning o‘zida 2 ta elektromobilni 50-80% zaryadlash uchun 25-30 daqiqa sarflanadi. Bu esa, oddiy zaryadlash stansiyalardan 20 barobar tezkordir.
Toshkentda elektromobilni yarim soat ichida 80 %gacha quvvatlaydigan yangi stansiya o‘rnatildi
Elektromobillarni tezkor zaryadlash stansiyasi
© Energetika vazirligi

Stansiya vazirlik binosining tom qismida ishga tushirilgan quyosh fotoyelektr stansiyasi orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni quvvatlaydi.

Hozirda tika Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilmalarni yaratish va rivojlantirish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektromobillarni quyosh energiyasidan yuqori tezlikda quvvatlovchi qurilma yaratilgan edi. U energiya saqlash tizimiga ega bo‘lgan quyosh fotoyelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmog‘i bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez quvvatlay oladi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, O‘zbekiston yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 61,3 million dollarga teng bo‘lgan 1912 dona elektromobil import qilgan. Elektromobillar importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1223 taga oshgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar