date

Uzinfocom markazida Davomatni nazorat qilish axborot tizimi ishlab chiqildi

Uzinfocom markazida Davomatni nazorat qilish axborot tizimi ishlab chiqildi

Uzinfocom markazida Davomatni nazorat qilish axborot tizimi (DNQAT) ishlab chiqildi va joriy etildi, deya xabar bermoqda markaz matbuot xizmati. U har qanday tashkilot va o‘quv muassasasida xodimlar va talabalar davomatini kuzatib borish uchun foydalanilishi mumkin, deb yozadi "Daryo" nashri.

Xodimlarning ishga kelib-ketishi RFID belgili identifikasiya kartalarini o‘qiydigan qurilmalar orqali ro‘yxatga olinadi. DNQAT Id.uz identifikasiya servisi bilan integrasiyalashgan bo‘lib, bu uni turli davlat tashkilotlariga o‘rnatishda tejamkorlikka erishish imkonini beradi.

Bundan tashqari, DNQAT yordamida qo‘riqlanadigan zonalarga kirish cheklab qo‘yilishi mumkin. DNQATning tashkilotdagi ma’muri ma’lum bir xonaga kirishi mumkin bo‘lgan shaxslarni belgilab qo‘yishi mumkin.


DNQATda ma’muriyat, xodim, o‘qituvchi, talaba kabi turli rollarga ega foydalanuvchilarni yaratish mumkin. Har bir rol tizimda o‘z funksional imkoniyatlariga ega.

Davomatni nazorat qilish axborot tizimini o‘rnatish va joriy qilish bo‘yicha savollar yuzasidan Uzinfocom’ning Abonent bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: 238-42-37, 238-42-38

Foto: Uzinfocom
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Uzinfocom markazida Davomatni nazorat qilish axborot tizimi ishlab chiqildi