date

Aktrisalar Asal Shodiyeva va So‘g‘diyona Azimovaning Instagram’dagi sahifasi noma’lum shaxslar tomonidan o‘zlashtirildi

Aktrisalar Asal Shodieva va So‘g‘diyona Azimovaning Instagram’dagi sahifasi noma’lum shaxslar tomonidan o‘zlashtirildi

Asal Shodieva Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga so‘nggi suratini 13 may kuni joylashtirgan. So‘g‘diyona Azimova esa bundan 5 kun avval oxirgi suratini joylashtirgani ma’lum bo‘ldi, deb yozmoqda "Qalampir" nashri.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali turli foto va videolarga ilova qilingan viruslarning tarqalishiga duch kelganlar, do‘stlari yoki yaqin tanishlari tomonidan yuborilgan havolalarga kirib, tarmoqlardagi shaxsiy sahifasining login va kirish kalitlarini yo‘qotganlar anchagina. Bunda nafaqat tarmoqdagi sahifa berkiladi, balki sizning shaxsiy sahifangiz yangi “ega”ning qo‘liga o‘tadi.

Taniqli aktyor Akbarxo‘ja Rasulov ijtimoiy tarmoqlardagi bunday qalloblikdan tarmoq foydalanuvchilarini ogohlantirdi. Uning ma’lum qilishicha, aktrisa Asal Shodievaning Instagram’dagi sahifasini kimdir o‘zlashtirgan va Akbarxo‘jaga Asalning nomidan virus yuklangan maktub jo‘natgan.

Diqqat! San’at sohasi vakillari hamda ularni kuzatuvchilarga. Instagram’da Direct’dan Asal Shodieva nomidan mana shunday ko‘rinishdagi xat keladi va sizdan havola orqali noma’lum saytga kirishni tavsiya etadi. Shu orqali sizning sahifangizni buzib, parolingizni olib qo‘yadi. Ehtiyot bo‘ling!”, deb yozadi Akbarxo‘ja Rasulov. Aktyor o‘zi qoldirgan izoh so‘nggida bu xabarni boshqalarga ham etkazish kerakligini san’atkor do‘stlaridan iltimos qiladi.

Aktrisa So‘g‘diyona Azimova ham xuddi shunday muammoga duch kelgan ko‘rinadi. Uning hamkasbi Setora Olimjonova Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali So‘g‘diyona Azimovaga tegishli Instagram’dagi sahifa noma’lum kimsalar tomonidan o‘zlashtirilib, boshqarilayotgani haqida xabar qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Asal Shodieva Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga so‘nggi suratini 13 may kuni joylashtirgan. So‘g‘diyona Azimova esa bundan 5 kun avval oxirgi suratini joylashtirgani ma’lum bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Aktrisalar Asal Shodiyeva va So‘g‘diyona Azimovaning Instagram’dagi sahifasi noma’lum shaxslar tomonidan o‘zlashtirildi