Inson miyasida har qanday zamonaviy kompyuterdan ko‘proq elementlar bor, hatto butun dunyodagi kompyuter tarmoqlaridan ham ko‘p, deydi Qrim Federal universiteti Psixiologiya va psixofiziologiya kafedrasi rahbari Vladimir Pavlenko.
Inson miyasida 200 milliard neyronlar bor va ularning har biri boshqa neyronlar bilan 10 mingga yaqin sinops-hujayralari bilan bog‘langan. Agar solishtiradigan bo‘lsak, 200 milliard neyron - bu galaktikadagi yulduzlar soni bilan teng, sinopslar bilan birga hisoblaydigan bo‘lsak, bu raqam biz bilgan koinotdagi barcha yulduzlardan ham ko‘p bo‘ladi.
Shu sababli ham inson miyasi hozircha har qanday sun’iy kompyuter neyron tarmog‘idan ko‘ra murakkabroq.
Ikkinchi tomondan, inson miyasi – bu evolyutsiya mahsulidir. Miyamizning katta qismi harakatlarni boshqarish, yegulik topish, o‘ziga hamroq topish uchun javob beradi. Aytish joizki, neandartal odam miyasi zamonaviy odamnikidan kattaroq bo‘lgan, chunki uning hayoti murakkab bo‘lgan.
Hozir esa aksariyat odamlarning hayoti yengillashmoqda va ehtimol shuning uchun ham zamonaviy insonlar miyasi kichraymoqda. Lekin hozir miyani rivojlantirish imkoniyati avvalgiga qaraganda ko‘proq.
Zamonaviy inson o‘z miyasini rivojlantirish uchun kompyuterdan, internetdan foydalanishi mumkin. Men o‘z talabalik davrimni eslayman. U vaqtlar biror zamonaviy ilmiy maqolani topish uchun juda ko‘p harakat qilish kerak edi. Hozir esa, men 15 soniya ichida har qanday maqolani topib, uni istalgan tildan avtomatik ravishda tarjima qilib o‘qiy olaman. Shuning uchun ham bugungi kunda inson o‘z miyasini rivojlantirishi uchun imkon juda keng.
Ehtimol, shu sababli ham bugungi kunda insonlarda miya rivojlanish darajasi ham juda farq qilmoqda. Kimgadir yashash osonlashdi kimgadir aksincha murakkablashdi.
Xulosa shuki, hozircha inson miyasi har qanday sun’iy neyron tarmoqlardan ustun. Olimlar va faylasuflar 20-asrning o‘rtalaridan boshlab inson ongi mashinalar raqobati haqida o‘ylay boshlagan edi. Ayrimlar sun’iy intellektni cheklash tarafdori bo‘lgan edi. Yozuvchi Ayzek Azimov esa robototexnikaning mashhur 3 ta qonunini o‘ylab topgan edi. Bular sun’iy ong rivojlanishini inson uchun xavfsiz qilishga qaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo‘q? Buning uchun sharoitlar yo‘q"