Foto: Samsung
1 fevral kuni taqdim etilgan Galaxy S23 Ultra flagmani Geekbench 5 bir oqimli testida 1600 dan ko‘p ball to‘plagan tarixdagi ilk android smartfonga aylandi.
Bu shu paytgacha chiqarilgan hech qaysi android-smartfon Samsung kompaniyasining flagmaniga ishlab chiqaruvchanlik borasida tenglasha olmasligini anglatadi.
Golden Reviewer yutub-kanali muallifi buni sinab-solishtirib ko‘rdi. Galaxy S23 Ultra nufuzli benchmarkning bir oqimli testida 1604 ball, ko‘p oqimli testida 5311 ball yig‘di. Eng yaqin ta’qibchisi — Nubia Red Magic 8 Pro tegishli ravishda 1486 va 5211 ball to‘pladi.
Har ikki smartfonda bir xil — Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 protsessorlari o‘rnatilgan. Biroq Galaxy S23 Ultra birinchi o‘rinni egalladi, sababi, undagi protsessor yanada takomillashtirilib, chastotasi 3,36 GGs.gacha oshirilgan, deb tushuntirdi yutuber.
1 fevral kuni Samsung San-Fransiskodagi taqdimotda uch model: Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra smartfonlarini tanishtirgandi. Bu smartfonlar Snapdragon 8 Gen 2 platformasida ishlaydi, operativ xotirasi — 8 GB. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo‘q? Buning uchun sharoitlar yo‘q"