Rossiyaning Axborot texnologiyalari va OAVni nazorat qiluvchi organi - Roskomnadzor, Internet tarmog‘ida ta’qiqlangan kontentni avtomatik ravishda aniqlovchi - Okulus maxsus tizimini ishga tushirdi.
"Okulus 2022 yilning dekabr oyida sinovdan o‘tkazilgan edi. Ayni damda u ishga tushirilgan va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarmoqda - tarmoqda joylashtirilgan foto va videomateriallarda qonun bilan ta’qiqlangan ma’lumotlarni aniqlamoqda", - deyiladi xabarda.
Tizim kompyuter ko‘rish texnologiyasidan foydalangan holda, fotosuratlar videolardagi tasvir va belgilarni, sahna va harakatlarni tanib oladi va tahlil qiladi. Ekstremistik mavzular, ommaviy noqonuniy tartibsizlikka chaqiriqlar, o‘z joniga qasd qilishga undash, giyohvand moddalarni qo‘llab-quvvatlash, LGBT targ‘iboti bilan bog‘liq materiallarni avtomatik tarzda aniqlaydi.
"So‘nggi yillarda Internetda qonun bilan taqiqlangan materiallar tobora ko‘payib bormoqda. <...> Bunday kontent onlayn makonda, ayniqsa, bolalar va yoshlar o‘rtasida keng tarqalishidan oldin topilib, bloklanishi kerak", - deydi Markaz matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, tizim har bir surat uchun taxminan 3 soniya sarflaydi. Uni ishlab chiqish qiymati 57,7 mln. rubl. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ro‘ziqul Burdiyev: "Chempionatda hech qanday maqsad qolmagan"