23:43 / 01.03.2023
169

TikTok voyaga yetmaganlar uchun vaqt chegarasini o‘rnatadi

TikTok voyaga yetmaganlar uchun vaqt chegarasini o‘rnatadi

TikTok yaqin orada 18 yoshgacha bo‘lgan har bir foydalanuvchi akkauntida kun davomida 60 daqiqalik foydalanish vaqti cheklovi o‘rnatilishini e’lon qildi. AP xabariga ko‘ra, bu o‘zgarish yoshlar orasida o‘ta mashhur mobil ilovadan foydalanishga mukkasidan ketish holatlari oshayotgan va u bilan bog‘liq xavotirlar kuchayib borayotgan bir davrga to‘g‘ri kelmoqda.

Yangilik, shuningdek, TikTok egasi ByteDance kompaniyasi joylashgan Xitoyda voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘llaniladigan o‘yin qoidalarini ham aks ettiradi. 2021 yilda Xitoy hukumati internetga qaramlikni cheklash maqsadida voyaga yetmaganlarning kuniga atigi bir soat va faqat juma, dam olish kunlari va bayram kunlarida onlayn o‘yin o‘ynashga ruxsat beruvchi qoidalarni joriy qilgan edi.

Qo‘shma Shtatlarda ham oilalar farzandlarining Xitoyga tegishli video almashish ilovasida o‘tkazadigan vaqti oshib borayotgani bilan bog‘liq muammoga duch kelmoqda. Pew Research Center ma’lumotlariga ko‘ra, amerikalik o‘smirlarning uchdan ikki qismi TikTok ilovasidan foydalanadi.

TikTok platformasining ishonch va xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Kormak Kinan o‘z blogida cheklovlarning xususiyati qanday bo‘lishini tushuntirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 60 daqiqalik cheklov muddati tugagandan so‘ng, voyaga yetmagan foydalanuvchiga ilovadan foydalanish uchun kalit so‘zni kiritish so‘raladi. 13 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga ota-onasi yoki vasiy tomonidan kalit so‘z o‘rnatilishi mumkin. Ana shu kalit so‘z kiritlganidan so‘ng, ilovadan yana qo‘shimcha 30 daqiqa foydalanish mumkin bo‘ladi.

TikTok 60 daqiqalik chegarani akademik tadqiqotlar va Boston bolalar shifoxonasining Digital Wellness Lab ekspertlari bilan maslahatlashgan holda belgilaganini aytmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » TikTok voyaga yetmaganlar uchun vaqt chegarasini o‘rnatadi