Beeline‘dan Unlim: oyiga $10dan cheklovsiz simli Internet

Beeline Toshkentdagi simli Internet abonentlari uchun Unlim yangi tarif rejalari ishga tushganligi haqida e’lon qiladi. Endilikda Beeline‘ning FTTB va ADSL abonentlari Internetdan hech qanday cheklovlarsiz foydalana oladilar.
Voqeani sharhlar ekan, Buzton QK bosh direktori Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Mijozlarimiz bizdan bu muhim qadamni ko‘pdan beri kutgan edilar. Eng muhimi, cheklovsiz tariflarning narxi ayni paytda mavjud “Yangi tezlik” tarif rejalari narxi bilan teng, shuning uchun abonentlarning asosiy qismi harajatlarini oshirmagan holda Unlim tariflariga o‘tishlari mumkin. Bundan tashqari, yaqin vaqt ichida mazkur taklifning amal qilish geografiyasini poytaxtdan tashqarida ham kengaytiramiz”.
“Unlim 1” (oyiga $10), “Unlim 2” (oyiga $15), “Unlim 3” (oyiga $25), “Unlim 4” (oyiga $35) va “Unlim 5” (oyiga $50) tarif rejalari shartlariga ko‘ra, abonent 3 000dan 30 000 Mb‘gacha bo‘lgan trafik hajmiga ega bo‘ladi, u tugagandan so‘ng esa cheklovsiz uy Internetidan tanlangan tarifdan kelib chiqgan holda, soniyasiga 64-512 Kbit‘gacha foydalanishi mumkin.
Beeline‘ning FTTB abonentlari uchun yoqilgan trafik tezligi 5 Mbit/s tashkil etadi, TAS-IX zonasidagi .UZ domeni saytlari uchun esa Unlim tarif rejalarida doimiy 2 Mbit/s tashkil etadi.
Toshkentda Beeline‘ning simli Internetini yoqtirish mumkin bo‘lgan hududlar bilan korporativ saytda batafsil tanishish mumkin.
ADSL texnologiyasi bo‘yicha: https://fixed.beeline.uz/ru/main/zone/adslzone.wbp
FTTB texnologiyasi bo‘yicha: https://fixed.beeline.uz/ru/tashkent/zone/fttb/tashkent/c1.wbp “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing