Beeline futbol bo‘yicha Evropa chempionati davomida Facebook‘da “EUROmaniya” tanlovini o‘tkazadi

Beeline Facebook ijtimoiy tarmog‘ining korporativ sahifasida futbol bo‘yicha Evropa birinchiligiga bag‘ishlangan “EUROmaniya” tanlovi o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Futbol bo‘yicha Evropa Chempionati davomida har kuni sahifa foydalanuvchilariga har bir o‘yinning hisobini topish taklif etiladi. 10 iyundan 10 iyulga qadar tanlov ishtirokchilariga sovg‘a ballari qo‘shiladi, ularning yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
“EUROmaniya” tanlovi g‘oliblarini smartfonlar va Beeline Club imtiyoz kartalari kutmoqda. Fransiya va Ruminiya terma-jamoalari o‘rtasidagi o‘yin natijalari haqidagi birinchi savol ertaga 10 iyun kuni beriladi.
Tafsilotlar https://www.facebook.com/beeline.uz saytida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing