Google asoschisi aeromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga sarmoya kiritdi

Alphabet xoldingi rahbari Larri Peyj uchar avtomobillar yaratish bilan shug‘ullanuvchi ikkita kompaniya – Zee.Aero va Kitty Hawk’ga investisiya kiritgan. Bloomberg ma’lumotlariga asooslanib "Kun" yozishicha, Google hamta’sischisi startaplarga shaxsiy mablag‘larini kiritmoqda va uning bunga aloqadorligi ommaga ma’lum bo‘lishini istamayapti.
Google’ning Mauntin-Vyudagi (Kaliforniya) bosh qarorgohi yaqinida joylashgan Zee.Aero kompaniyasi 2010 yilda tashkil etilgan va boshidan beri Google bilan aloqasi borligini inkor qilib kelgan. Biroq agentlikka ma’lum bo‘lishicha, Peyj Zee.Aero’ga ismi jamoatchilikdan sir saqlanishi sharti bilan o‘zining 100 mln dollarlik shaxsiy mablag‘ini investisiya qilgan.
Taxminlarcha, Zee.Aero vertikal holatda qo‘nib-ucha oladigan elektr samolyot g‘oyasini amalga oshirmoqda. Bu samolyotni yaratishda NASA, Boeing va Space X’ning sobiq dizaynerlari va muhandislari ish olib bormoqda.
Kitty Hawk esa kvadrokopterning katta versiyasini eslatuvchi aeromobil qurmoqda. Bu kompaniyaga Peyj o‘tgan yili sarmoya kiritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing