
Foto: my.gov.uz
Joriy yil 1-maydan boshlab YAIDXP (my.gov.uz)da “Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati yoqildi.
Prezidentning 2023 yil 13 apreldagi “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq joriy yil yangi tartibdagi ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlangan.
Endilikda subsidiya ajratish jarayoniga quyidagi o‘zgarishlar kiritildi:
- subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma olingan vaqtdan boshlab 4 oy ichida amal qiladi, bu muddat tugagandan so‘ng qayta ariza berilishi mumkin;
- subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish bo‘yicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi, rad etilgan arizalarga 1 dekabrga qadar qayta ariza yuborish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar