18:18 / 05.06.2023
95

Amerikalik muhandis olimlar “raqsga tusha oladigan” robot-arini ixtiro qilishdi (video)

Amerikalik muhandis olimlar “raqsga tusha oladigan” robot-arini ixtiro qilishdi (video)
Vashington universiteti tadqiqotchilari haqiqiy hasharotdek havoda aylana oladigan robot-arini yaratishdi. Bu haqda “Pravila jizni” xabar berdi.
Muhandislar jamoasi barcha yo‘nalishlarga ucha oladigan, havoda muallaq qotib turadigan, aylana oladigan, haqiqiy arilardek “raqsga tusha oladigan” dunyodagi ilk mini robotni yig‘ishdi.
 
Kelgusida robot-arini o‘simliklarni changlantirish jarayonida, qidiruv-qutqaruv ishlarida, biologik tadqiqotlarda hamda atrof-muhitning zarari monitoringida ishlatish rejalashtirilgan. Robotning tana vazni 95 milligrammni tashkil etadi. Haqiqiy arilar 10 milligramm vaznga egaligini hisobga olinsa, robotcha o‘z prototipidan ancha og‘irroq.
 
Robot hasharot bitta quvvatlanishda 5 daqiqa davomida ucha oladi. Shundan so‘ng uni quvvatlantirish kerak bo‘ladi. Robot quvvatni ingichka sim orqali oladi.
 
Loyiha rahbari Nestor Peres-Aransibianing aytishicha, bu ilm-fan olamida katta yutuqdir. Sababi tadqiqotchilar 30 yildan beri haqiqiysidek ucha oladigan sun’iy hasharotlar yaratish ustida ishlayotgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amerikalik muhandis olimlar “raqsga tusha oladigan” robot-arini ixtiro qilishdi (video)