Olimlar bosh suyagi ichida yangi immun tuzilmalarni aniqladi

1 daqiqa o'qish87
Olimlar bosh suyagi ichida yangi immun tuzilmalarni aniqladi

AQSHdagi Sent-Luisdagi Vashington universiteti Tibbiyot maktabi tadqiqotchilari sichqonlarning bosh suyagi ichida ilgari noma’lum bo‘lgan immun tuzilmalarini aniqladi. Olimlar ularni “lokallashgan limfoid tuzilmalar” deb atagan. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida chop etilgan.

Tadqiqotchilar ushbu tuzilmalar immun tizimining B-hujayralari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aniqlagan. Ular avvalroq miya pardasidan bosh suyagiga o‘tuvchi mayda kanallarni topgan bo‘lib, yangi tadqiqotda bu kanallar orqali molekulalar va immun tuzilmalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuzatgan.

Olimlar yangi tuzilmalarning vazifasini o‘rganish uchun glioma bilan kasallangan sichqonlarda tajriba o‘tkazgan. Immun tuzilmalari faoliyati susaytirilganda, o‘simtalar tezroq rivojlangan, aksincha, ularni rag‘batlantirish sichqonlarning o‘simtaga qarshi immun javobini kuchaytirgan va yashash muddatini uzaytirgan.

Hozircha bunday tuzilmalar inson bosh suyagida ham mavjudligi aniq tasdiqlanmagan. Biroq olimlar odam bosh suyagi iligida ayrim immun hujayralari aniqlanganini ta’kidlab, bu kashfiyot kelajakda miya o‘simtalarini davolashning yangi usullarini ishlab chiqishga yordam berishi mumkinligini qayd etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?