21:30 / 12.07.2023
133

Kompyuterni bloklaydigan va pul undiradigan yangi Big Head virusi tarqaldi

Kompyuterni bloklaydigan va pul undiradigan yangi Big Head virusi tarqaldi

Foto: pixabay.com

Trend Micro kompaniyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari Big Head nomli yangi virusni aniqladilar. U Internetda Windows yangilanishi va Microsoft Word dasturi o‘rnatuvchisini reklama qilish niqobi ostida tarqalmoqda.

Virusli fayl faollashtirilgandan so‘ng, kompyuter ekranida operatsion tizimni yangilanishini taqlid qiluvchi animatsiya paydo bo‘ladi. Keyin foydalanuvchi kompyuteri bloklangani haqida xabar beradi. Xabarda, shuningdek, tizimni qayta tiklash uchun Telegram orqali hakerlar bilan bog‘lanish va kriptovalyutada to‘lovni amalga oshirish kerakligi aytiladi.

Bundan tashqari, Big Head barcha mavjud Windows zaxira nusxalarini shifrlaydi, shunda foydalanuvchi tizimni mustaqil ravishda tiklay olmaydi. Shu bilan birga, virus «Savatcha», Program Files, Temp, Program Data, Microsoft va App Data fayllariga tegmaydi va operatsion tizimning ish faoliyatini saqlab qoladi.

Mutaxassislarning aniqlashicha, Big Head oldin sozlamalarni tekshiradi va agar MDH mamlakatlarida foydalaniladigan tillardan biri tanlangan bo‘lsa, tizimni bloklamaydi. Buning sababi ma’lum emas.

Kibertahdidlarni izlash va tahlil qilishga ixtisoslashgan KELA kompaniyasi virus asoschilari Indoneziyada bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kompyuterni bloklaydigan va pul undiradigan yangi Big Head virusi tarqaldi