16:40 / 17.07.2023
148

Yaponiyada tanani sovituvchi yopinchiq ishlab chiqarildi (foto)

Foto: Europa Plus

Yaponiyaning Infinity startapi yangi buyum – Infinity Cool Cooling Blanket yopinchig‘ini taqdim etdi. Yopinchiqning o‘ziga xosligi shundaki, unga Ultimate Cool fiber maxsus datchiklari va haroratni tartibga soluvchi Heat/temperature reactive o‘rnatilgan.

Ishlab chiqaruvchi kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yopinchiq aqlli datchiklar va maxsus “muzlatuvchi” tolalar tufayli atigi 2 daqiqada haroratni 30 darajadan 19,5 darajagacha tushira oladi.

Yopinchiq qanday ishlaydi? U namlik, tana haroratini o‘qiy oladi va sovitish effektini yaratadi. U uyqu vaqtida tanadan uzoqlashganda ham unga tutashib tursa, sovitishda davom etadi. Buyum ishlash vaqtida baland ovoz chiqarmaydi.

Foto: Europa Plus

Startap allaqachon JIS standarti bo‘yicha sinovdan o‘tgan, innovatsiyalar sohasida bosh sovrinni olgan va Yaponiya bosh vaziri bu yangilikni ma’qullagan.

Foto: Europa Plus

Mahsulotni yaratuvchilarning fikriga ko‘ra, Infinity Cool yopinchig‘i nafaqat yotoqxona, balki lager va sayohat uchun ham ideal vosita hisoblanadi. Kichik o‘lchamda bo‘lgani bois uni o‘zingiz bilan olib ketish oson.

Foto: Europa Plus

Ishlab chiqaruvchi kompaniya yopinchiqni olib yurishga oson bo‘lishi uchun sovg‘a sifatida uning sumkasini ham taqdim etgan.

Foto: Europa Plus

Yopinchiqning sifati haqida nima deyish mumkin? U bir necha marta yuvilgandan keyin ham kichraymaydi. Mahsulot matosi havo o‘tkazish funksiyasiga ega bo‘lgani sababli tez quriydi, bu uni gigiyenik qiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiyada tanani sovituvchi yopinchiq ishlab chiqarildi (foto)