date

CLICK kartadan kartaga mablag‘ o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi

CLICK kartadan kartaga mablag‘ o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi

CLICK mobil to‘lovlar tizimida O‘zbekiston banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar o‘rtasida pul mablag‘larini o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi, deya ma’lum qilindi "Gazeta.uz" sayti.

Mablag‘lar bir onlayn-karta hisobidan ikkinchisiga bevosita o‘tkazilishi mumkin, bunda qabul qilib oluvchining CLICK orqali ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart emas. «Aloqabank» va «Agrobank» mazkur tizimga ulangan ilk banklardan bo‘ldi.

Qabul qilib oluvchining CLICK orqali ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini ko‘rsatgan holda ham pul o‘tkazish mumkin (qabul qilib oluvchi ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, o‘tkazma ulangandan keyin qabul qilinadi).

O‘tkazmalar *880*karta_raqami*summa# yoki *880*3*telefon_raqami*summa# USSD-so‘rovlari orqali amalga oshiriladi.

Yaqin vaqt ichida ushbu imkoniyat ilovalarda ham ishga tushiriladi

Plastik kartadan pul o‘tkazmasi amalga oshirilgan paytda jo‘natgan foydalanuvchidan 2% miqdorida xizmat haqi ushlab qolinadi. O‘tkazmalarni oshirish mumkin bo‘lgan plastik kartalar chiqargan banklar soni doimiy ravishda kengaytirilib, yaqin vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasidagi barcha bank-emitentlarni qamrab olishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » CLICK kartadan kartaga mablag‘ o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi