23:13 / 15.09.2023
234

iPhone 15 Pro sotib olish uchun kim qancha ishlashi kerakligi hisoblab ko‘rildi

iPhone 15 Pro sotib olish uchun kim qancha ishlashi kerakligi hisoblab ko‘rildi

Rossiyaning Picodi nashri tahlilchilari iPhone 15 Pro smartfoni mintaqaviy narxlarini turli hududlardagi o‘rtacha ish haqi bilan taqqoslab ko‘rishdi. Natijada, ushbu mamlakatlar aholisi yangi smartfon uchun qancha kun ishlashi kerakligini aniqlashdi.

Avvalroq, iPhone 15 Pro narxi 999 dollardan boshlanishi e’lon qilingandi.

Tadqiqotga ko‘ra, Apple kompaniyasining yangi smartfonini sotib olish uchun turkiyaliklar 124 kun ishlashi lozim bo‘ladi. Filippin aholisi bunga 80 kunlik, braziliyaliklar esa 67 kunlik maoshini sarflashiga to‘g‘ri keladi. Rossiyada bu ko‘rsatkich 47 kunga yaqin. Xitoy aholisi 24 kun mehnat qilishi lozim.

Foto: Picodi

Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich yanada kichikroq: yangi iPhone 15 Pro sotib olish uchun yaponiyaliklar 13 kun, germaniyaliklar 10 kun, singapurliklar va avstraliyaliklar 7 kun sarflaydi.

AQSH aholisi Apple kompaniyasining yangi smartfonini sotib olish uchun 6 kun mehnat qiladigan bo‘lsa, Shveysariya aholisi atigi 5 kun ishlashi kifoya.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 15 Pro sotib olish uchun kim qancha ishlashi kerakligi hisoblab ko‘rildi