Foto: AP
O‘zbekiston mobil internet narxi bo‘yicha dunyoda 22-o‘rinni egalladi. Bu haqda Cable portali ma’lumot bermoqda.
O‘zbekistonda mobil internetdan foydalanuvchilar 1 gigabayt uchun o‘rtacha 0,30 dollar to‘laydi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat Markaziy Osiyoda 2-o‘rinni egallagan (dunyo bo‘yicha 22-o‘rin).
1-o‘rinda - 0,17 dollar bilan Qirg‘iziston, keyingi pog‘onalarda - Qozog‘iston (0,41 dollar), Afg‘oniston (1,02 dollar), Tojikiston (1,65 dollar) va Turkmaniston (11,42 dollar).
Dunyo bo‘ylab eng arzon mobil internet Isroilda - 0,02 dollar.
- O‘zbekiston 2022 yilda dunyodagi simli internet tezligi bo‘yicha reytingda 155-o‘rinda bo‘lgan. 2023 yilda natijalar o‘zgarib, 131-o‘ringa ko‘tarilgan.
- Bunda, bir yil avvalgi reytingga nisbatan 24 pog‘onaga o‘sish bo‘lgan. O‘zbekistondagi simli internet tezligi 21,67 Mbit/s ekani qayd etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar