22:50 / 09.10.2023
90

TikTok O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

TikTok O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Foto: AP

TikTok PTE LTD kompaniyasi (Singapur) O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasida keltirib o‘tilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2021 yil yozida TikTok, Twitter, Skype, WeChat va Vkontakte tarmoqlariga cheklov qo‘yilgandi. Bunga “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan 27-1-modda sabab bo‘lgandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlar jisman O‘zbekiston hududida joylashgan serverlarda saqlanishi belgilangan. Bu talabni ayni paytgacha birorta global ijtimoiy tarmoq bajargani ma’lum emas.

2021 yilning 3 noyabrida Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki tarmoqlariga ham to‘siq qo‘yilgan va bu katta rezonansni keltirib chiqargan edi. Natijada to‘siq shu kunning o‘zida olib tashlanib, qator mansabdorlar ishdan olingandi.

Ayni paytda Shaxsga doir ma’lumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestrida faqat TikTok qolgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » TikTok O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi