27 oktyabr kuni Uzbekistan—2023 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida O‘zbekiston mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirish xizmati (MNP) ishga tushirildi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi mutaxassisi Bahrom Ziyoyevning “Daryo”ga izoh berishicha, operatorni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan fuqaro operator ofislariga borgan holda ariza topshiradi.
“Ariza operator tomonidan o‘rganiladi. Yaʼni operator eski operatorga so‘rov yuboradi. Bunda abonentning qarzdorligi, ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgani tekshiriladi. Agar ijobiy xulosa berilsa, fuqaro o‘zi istagan mobil operatorga o‘tib ketish imkoni bo‘ladi”, — dedi Bahrom Ziyoyev.
Shartlari:
- mobil operator ofisiga fuqaroning o‘zi borishi;
- pasportni olib borishi;
- qaysi raqamni o‘zgartirmoqchiligini aytishi.
Mutaxassisining qo‘shimcha qilishicha, mobil operator o‘zgarayotganda to‘lovlarni xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya o‘zi belgilaydi
Hozirgi kunda O‘zbekistonda Beeline, Mobi.uz, Ucell, Uztelecom, Humans kabi 5 ta mobil aloqa operatori faoliyat ko‘rsatadi. Ular tomonidan mijozlarga mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Agar xizmatdan foydalanib, mobil aloqa operatori o‘zgartirilsa, ko‘chirilgan raqamlar o‘z shaklini va ko‘rinishini saqlab qoladi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring