22:50 / 11.11.2023
103

Apple kompaniyasi sobiq xodimlari «kelajak smartfoni»ni taqdim qilishdi

Apple kompaniyasi sobiq xodimlari «kelajak smartfoni»ni taqdim qilishdi

Foto: Humane

Apple kompaniyasining sobiq xodimlari Imron Chaudri va Betani Bonjorno tomonidan asos solingan Humane startapi o‘zining birinchi AI Pin qurilmasini taqdim etdi. OAV ushbu qurilmani «kelajak smartfoni» deb atamoqda.

Qurilma ikki qismdan iborat: kvadrat korpus va batareya bloki. U Snapdragon protsessorida ishlaydi va magnitlar yordamida kiyim yoki boshqa yuzaga biriktirilishi mumkin.

AI Pin ekranga ega emas va uni ovoz yordamida boshqarish kerak. Lekin karnay va kamera, chuqurlik va harakat sensorlari bor. Bundan tashqari, korpusga mini-proyektor o‘rnatilgan bo‘lib, u ma’lumotni tashqi yuzalarga, shu jumladan kaftga ham uzata oladi. Sensorli panelga tegish orqali ham o‘zaro aloqada bo‘lish mumkin. Bundan tashqari, ba’zi funksiyalar shu tarzda faollashtiriladi. Masalan, audio va video yozishni qo‘lda yoqishga to‘g‘ri keladi.

Yangi mahsulotning asosiy vazifasi kompaniya AI Mic deb ataydigan dasturiy ta’minot yordamida sun’iy intellekt modellariga ulanishdan iborat. ChatGPT bilan bog‘lanish – asosiy xususiyatlardan biri. Cosmos operatsion tizimi ilovalarni yuklab olish va boshqarishdan ko‘ra, foydalanuvchi so‘rovlarini avtomatik ravishda kerakli vositalarga yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan. Ishlab chiquvchilar tom ma’noda chatbotning jismoniy timsolini yaratishgan.

Shuning uchun qurilma neyron tarmoqlarning standart funksiyalariga kirishni ta’minlaydi. U egasining uslubida xabarlar yozishi, elektron xatlar bo‘yicha hisobot tayyorlashi, fotosuratdagi mahsulotlarning ozuqaviy qiymatini tahlil qilishi va boshqa imkoniyatlarga ega. Bundan tashqari, uni albatta telefon sifatida ishlatish mumkin.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, AI Pin butunlay avtonom qurilma. Ya’ni, undan foydalanish uchun smartfon bilan bog‘lanish shartmas. Qurilma 700 dollarga baholanmoqda (≈8,6 mln so‘m). Ammo undan foydalanish uchun qiymati $24 (≈300 ming so‘m) bo‘lgan oylik obuna ham kerak bo‘ladi. U T-Mobile tarmog‘idagi telefon raqamini, bulutli xotirani va sun’iy intellektdan cheksiz foydalanish imkoniyatini o‘z ichiga oladi. Oldindan buyurtmalar 16 noyabrdan boshlanadi. Qurilma 2024 yil boshida yetkazib berilishi kutilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple kompaniyasi sobiq xodimlari «kelajak smartfoni»ni taqdim qilishdi