96
Binance kriptovalyuta birjasi O‘zbekistonda litsenziyasiz ishlagani uchun jarimaga tortildi
Foto: Reuters
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Binance xalqaro kriptovalyuta birjasini bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobari (102 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortdi.
Qayd qilinishicha, birja O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni tashkil etish, jumladan, tegishli xizmat ko‘rsatuvchi provayder litsenziyasini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmagan.
Shu bilan birga, Binance faoliyatida bir qancha qonunbuzarliklar aniqlangan:
– Binance platformasida operatsiyalar anonim kripto-aktivlar, shuningdek, jinoiy yo‘l orqali olingan kripto-aktivlar va mablag‘lar (o‘g‘irlik, firibgarlik va boshqalar) bilan amalga oshirilgan;
– kompaniya yuridik shaxs – O‘zbekiston Respublikasining rezidenti emasligi;
– O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda elektron platforma mavjud emasligi;
– O‘zbekiston Respublikasining kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish, shuningdek shaxsiy ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilmayotgani;
– bir qismi O‘zbekiston Respublikasi tijorat bankida alohida hisobvaraqda saqlanishi zarur bo‘lgan ustav jamg‘armasi (kapitali) mavjud emasligi.
Aniqlangan qoidabuzarliklar asosida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish bo‘yicha bayonnoma tuzilib, ko‘rib chiqish va qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun Binance birjasiga yuborilgan.
Qayd qilinishicha, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslari kriptovalyuta aktivlarini sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi