«O‘zbektelekom» Uzcloud ma’lumotlarni qayta ishlash markazini ishga tushiradi

«O‘zbektelekom» AJ milliy telekommunikasya operatori ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi «Uzcloud» loyihasini taqdim etdi.
Ushbu loyiha O‘zbekiston Prezidentining 2015-yil 27-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikasiya tizimini rivojlantirish to‘g‘risida»gi 2015-yil 6-martdagi «2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikasiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizasiyalash dasturi»ga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Umuman, loyihada Toshkent, Buxoro va Qo‘qonda shunday markazlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Ayni vaqtda, birinchi bosqich ishga tushirilish arafasida. Toshkentda ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash Markazi foydalanishga topshiriladi. Loyiha doirasida bulutli biznes bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan ActivePlatform dasturiy ta’minoti ham ishga tushiriladi.
Hozirda, data-markazi 160 bleyd-serverdan iborat bo‘lib, xotira hajmi 1 petabaytni tashkil etadi. Kelajakda uning hajmini 10 petabaytga oshirish imkoniyati mavjud.
Markazning ishonchlilik darajasi Uptime Institute tasnifidagi xalqaro Tier III tizimiga mos keladi.
Markaz, shuningdek, mijozlariga VPS, ya’ni «virtual server» xizmatini ham taklif etishi mumkin. Mijozlar, markazning ushbu xizmatini ijaraga olishgach, dunyoning istalgan nuqtasida o‘z ma’lumotlaridan foydalanish imkoniga bo‘lishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing