00:09 / 07.03.2024
85

Telegram biznes akkauntlarni ishga tushiradi

Telegram biznes akkauntlarni ishga tushiradi
Telegram foydalanuvchilari biznes akkauntlarini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov xabar berdi.

Biznes akkauntda joylashgan manzilni, ish jadvalini ko‘rsatish, avtomatlashtirilgan xabarlarni yuborish va javob shablonlarini yaratish mumkin bo‘ladi.

Biznes profillarni Telegram Business bo‘limida bepul yaratish mumkin.

«Endi foydalanuvchilar Telegram shaxsiy akkauntlarini biznes akkauntlariga aylantirishi mumkin. Natijada ular o‘z manzili va ish soatlarini qo‘shishi, rangli teglar bilan suhbatlar tashkil qilishi, avtomatik salomlashishdan foydalanishi yoki tezkor javoblar uchun xabarlar va shablonlar yaratishi mumkin bo‘ladi», deb yozdi Pavel Durov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram Business funksiyalaridan biri foydalanuvchilarning chatbotlar bilan o‘zaro aloqasida «inqilob uyushtiradi». Xususan, biznes akkauntlarda chatbotni «ko‘rinmas kotib»ga aylantirish mumkin bo‘ladi. Telegram yaratuvchisi ta’kidlaganidek, sun’iy intellekt tufayli mijozlarga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish yangi bosqichga ko‘tariladi.

Bir hafta oldin Pavel Durov messenjer ishidagi yana bir muhim o‘zgarish, Telegram kanallari egalari reklamadan tushgan daromadning 50 foizigacha olishi mumkinligini e’lon qildi. Bu xususiyat faqat 100 ta mamlakatda joriy qilinadi. Reklama uchun mablag‘larni o‘tkazish TON blokcheyni orqali amalga oshiriladi. TON Wallet kriptovalyuta hamyoni messenjer interfeysida mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram biznes akkauntlarni ishga tushiradi