Foto: Alexander / Adobe Stock
Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan (SI) foydalanishni tartibga soluvchi qonunni ma’qulladi. Bu sun’iy intellektni nazorat qilish bo‘yicha dunyodagi birinchi «qoidalar to‘plami» ekani ta’kidlanmoqda.
Tashabbusning maqsadi «inson huquqlari, demokratiya, qonun ustuvorligi va ekologik barqarorlikni yuqori xavfli sun’iy intellektdan himoya qilish, shuningdek, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va Yevropani bu sohada yetakchi qilish», deyiladi Yevropa parlamenti bayonotida.
Qonunda sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarga xavf toifalari ajratilishi belgilab qo‘yilgan: qabul qilib bo‘lmaydigan (bu holda texnologiya taqiqlanadi), yuqori, o‘rta va past.
Yangi qonunga ko‘ra, quyidagilar taqiqlanadi: real vaqt rejimida yuzni aniqlash, ish joyi va maktablarda odamlarning his-tuyg‘ularini aniqlash, ijtimoiy reyting va inson xatti-harakatlarini manipulyatsiya qiluvchi yoki zaifliklaridan foydalanuvchi SI texnologiyalari.
Umumiy maqsadli SI tizimlari ma’lum shaffoflik talablariga javob berishi kerak. SI tomonidan qayta ishlangan barcha tasvirlar, audio yoki videoyozuvlar («dipfeyklar») tegishli belgiga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Hujjat hali Yevropa Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak. U may oyi oxirida kuchga kirishi kutilmoqda.
Yevroparlament rahbari Roberta Metsola so‘zlariga ko‘ra, qonun Yevropa Ittifoqi fuqarolarining asosiy huquqlarini himoya qilish bilan birga innovatsiyalarga yordam beradi.
«Sun’iy intellekt allaqachon kundalik hayotimizning muhim qismiga aylangan. Endi bu bizning qonunchiligimiz bilan tartibga solinadi», dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi