Foto: Getty Images
Xitoy Davlat Internet-axborot idorasi Xitoy raisi Si Szinpin fikrlari joylashtirilgan Chat Xi PT yangi katta til modelini taqdim etdi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Til modeli Si Szinpinning yangi davr uchun sotsializm haqidagi fikridan, Xitoy rahbarining yozuvlari va nutqlariga asoslangan siyosiy falsafasini o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, Chat Xi PT Internet regulyatori tomonidan taqdim etilgan boshqa rasmiy adabiyotlarni ham o‘rganadi.
"Korpusning tajribasi va vakolati yaratilgan kontentning professionalligini kafolatlaydi", — deydi Internet-axborot idorasi.
Hozircha mazkur bot Internet-regulyator qoshidagi tadqiqot markazida qo‘llanilmoqda, biroq vaqt o‘tishi bilan uni keng ommaga tanishtirish mumkin. Xabar qilinishicha, yangi model savollarga javob berishi, hisobotlar yaratishi, ma’lumotlarni umumlashtirishi va xitoy tilidan ingliz tiliga tarjima qilishi mumkin.
Nashr Chat Xi PT'ni Xitoy rasmiylarining Amerikaning OpenAI kompaniyasining ChatGPT botiga javobi deb ataydi.
XXDR Davlat Internet-axborot boshqarmasi mamlakatda generativ sun’iy intellektni ishlab chiquvchilardan asosiy sotsialistik qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirishini va ular yaratgan kontentda davlat hokimiyatiga putur yetkazuvchi kontent bo‘lmasligini talab qilgan.
Xitoyning internet regulyatori bilan ishlovchi Xitoyning Kiberxavfsizlik assotsiatsiyasi 2023 yil dekabr oyida ishlab chiquvchilar SI'ni o‘rgatishda foydalanishi mumkin bo‘lgan “yuqori sifatli va ishonchli ma’lumotlar”ning 100 million yozuvidan iborat birinchi ommaviy ma’lumotlar bazasini taqdim etgan edi. Bular asosan hukumat hujjatlari va davlat ommaviy axborot vositalaridagi nashrlar bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi