12:24 / 07.06.2024
58

Telegram raqamli xizmatlarga to‘lov qilish uchun ichki valyutani ishga tushirdi

Telegram raqamli xizmatlarga to‘lov qilish uchun ichki valyutani ishga tushirdi
Foto: “Kommersant”
Telegram asoschisi Pavel Durov endilikda messenjerning ichki valyutasi — Telegram Stars borligini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu valyuta bilan mini-ilovalarda raqamli xizmatlar va tovarlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Telegram Stars'dan foydalanib, elektron kitoblar, kurslar, Android va iOS ilovalaridagi o‘yinlardagi turli predmetlargacha xarid qilish mumkin. Stars'lar Apple, Google do‘konlarida ilova ichidagi xaridlar orqali yoki PremiumBot boti yordamida sotib olinadi. Bundan tashqari, valyuta Fragment platformasi orqali Toncoin'ga aylantiriladi.

Yangi valyutadan imtiyozli shartlar asosida Telegram'da ilova reklamasini xarid qilishda ham foydalanish mumkin.

Apple va Google foydalanuvchilar ulardan Stars xarid qilganida 30 foiz komissiya oladi, biroq Telegram Stars yordamida sotib olingan reklamani Telegram subsidiyalaydi. Shu tariqa, agar ishlab chiquvchilar o‘zlarining ilovalarini targ‘ib qilish uchun yulduzlarni qayta sarmoya qilsalar, umumiy komissiya deyarli 0 foizni tashkil qiladi! Natijada Telegram'da ilovalarni ishga tushirish an’anaviy mobil ilovalarni ishga tushirishdan ko‘ra ko‘proq iqtisodiy ma’noga ega”, — dedi Durov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram raqamli xizmatlarga to‘lov qilish uchun ichki valyutani ishga tushirdi
ePN