Foto: Andronews.com
Apple iPhone, iPad va Mac'dagi ba’zi aqlli Apple Intelligence funksiyalari uchun oyiga 20 dollargacha haq olishni boshlashi mumkin.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan WWDC ko‘rgazmasida kompaniya Apple Intelligence aqlli funksiyalarining birinchi to‘plamini, jumladan, yangilangan Siri, Genmoji, Image Playground va standart Apple ilovalariga integratsiyalangan boshqa ko‘plab xususiyatlarni taqdim etgan edi. Ushbu funksiyalar maqtovga sazovor bo‘lsa-da, ular, asosan, foydalanuvchilarning qurilmalarida ishlaydi. Apple sun’iy intellekt poygasida ortda qolayotganini hisobga olib, bunday asosiy variantlar uchun haq olmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.
Bloomberg sharhlovchisiga ko‘ra, Apple yanada ilg‘or Apple Intelligence xususiyatlarini ishlab chiqishda davom etadi va ular kiritilgandan keyingina xizmat uchun to‘lov boshlanadi. Biroq, uning fikricha, bunday funksiyalarni ishlab chiqish uchun kamida uch yil kerak bo‘ladi.
"Shunday qilib, Apple Intelligence foydalanuvchilari yaqin kelajakda qo‘shimcha xarajatlar haqida qayg‘urishlari shart emas", deydi ekspert.
Apple Intelligence bu — Apple tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt platformasi. U 2024 yil 10 iyun kuni WWDC 2024 ko‘rgazmasida Apple'ning iOS 18, iPadOS 18 va macOS Sequoia operatsion tizimlarining bir qismi sifatida e’lon qilindi. Apple Intelligence qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalarning barcha foydalanuvchilari uchun bepul bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi